Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston 1-2 Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya 3-2 Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe - Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA - Yaponiya
10/01 16:30 Livan - Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron - O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna
11/01 00:45 Atalanta - Torino
11/01 01:00 Valensiya - Elche
11/01 16:30 Xitoy - Avstraliya
11/01 16:30 Lechche - Parma
11/01 18:00 Rayo Valyekano - Malyorka
11/01 19:00 Tailand - Iroq
11/01 19:00 Fiorentina - Milan
11/01 20:15 Levante - Espanyol
11/01 22:00 Verona - Lasio

"Manchester Yunayted" finalda Markus Reshfordsiz qanday tarkibdan foydalanadi?

"Manchester Yunayted" finalda Markus Reshfordsiz qanday tarkibdan foydalanadi?

Baho:
+ | -

Yakshanba kuni Londondagi "Uebli" stadionida joriy mavsumdagi turnirlarning ilk finali bo‘lib o‘tadi. Unda "MYU" va "Nyukasl" klublari Angliya liga kubogi bosh sovrini uchun bahs olib boradi. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, "Manchester Yunayted"ning to‘purar hujumchisi Markus Reshford, ushbu uchrashuvni o‘tkazib yuborishi mumkin. 25 yoshli futbolchi "Barselona"ga qarshi bahsda o‘zini yomon his qilgani sababli maydonni tark etgandi. Reshford bu mavsumda 24 ta golga mualliflik qilishga ulgurdi.

U o‘sha o‘yindan keyin ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifasiga rasm joyladi. Unda futbolchi o‘ng oyoq butsasini qo‘lga olgancha, tunneldan kirib ketayotgani tasvirlangan. Bu narsa ko‘plab muxlislarda xavotir uyg‘ota boshladi. Negaki, u yakshanba kungi finalni o‘tkazib yuborishi mumkin. Shunga qaramay, jamoa ustozi Erik ten Xagda Reshfordsiz ham yaxshi o‘yin ko‘rsata oladigan futbolchilar tanlovi bor. Niderlandiyalik mutaxassisga "MYU"dagi ilk titulni qo‘lga kiritish uchun eng kuchli vakillardan tashkil qilingan o‘n bittalik kerak bo‘ladi. Negaki, bu jamoa so‘nggi olti yilda hech vaqo yuta olmay kelmoqda.

Demak, taxminlarga o‘tamiz. Reshford bo‘lishi yoki bo‘lmasligidan qat’iy nazar, hujumda Vaut Vegxorst harakat qiladi. Ammo chap qanotni Reshfordsiz qayta ko‘rib chiqishga to‘g‘ri keladi. Chap uchun Jeydon Sancho bitta variant. U har ikki qanotda harakat qilishga qodir. Ammo Brunu Fernandesh ham o‘sha qanotda o‘ynab bera oladi. O‘ng uchun esa Alexandro Garnacho va Antoni kurash olib boradi. Markazda 4-3-3 taktik sxemasi uchun Kazemiro, Sabitser va Fred triosi tanlab olinadi.

Himoya, qanotlarda Lyuk Shou va Van-Bissaka bilan, markazda Rafael Varan va Lisandro Martineslardan tuziladi. Shuningdek, Martinesni Xarri Maguayr, Van-Bissakani esa Diyegu Dalot almashtirishi ham mumkin. Lyuk Shouga esa chap qanotda Tirell Malasiya raqobat uyushtiradi. Kimlarni qay uslubda tanlashdan qat’iy nazar, darvoza sohasini David De Xea himoya qiladi. Yuqoridagi uslubiyatlardan "Nyukasl" uchun eng ma’qulini tanlab olish Erik ten Xagga bog‘liq. Sovrin yutish uchun tanlovlarni to‘g‘ri qilish talab etiladi.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 16:00, 25.02.2023.
O'qildi: 3939 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.