Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Vitaliy Levchenko: «Metallurg»ga qarshi bo‘ladigan 1-tur o‘yiniga yaxshi tayyorgarlik ko‘ryapmiz»

Vitaliy Levchenko: «Metallurg»ga qarshi bo‘ladigan 1-tur o‘yiniga yaxshi tayyorgarlik ko‘ryapmiz»

Baho:
+ | -

"Neftchi" bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko 2023 yil futbol mavsumi oldidan "Yangi Farg‘ona" gazetasiga bergan intervyusi bugungi sonida chop etildi (16-son, 25 fevral, shanba).

Yurtimizda bahor, muxlislar sabrsizlik bilan kutayotgan yangi futbol mavsumi yaqinlashmoqda. Superliga jamoalari 2023 yil mavsumini 3 martdan boshlaydilar. Bu ligada viloyatimiz sharafini Farg‘onaning "Neftchi" hamda Yaypanning "Turon" jamoalari himoya qiladilar. Mavsum oldidan "Neftchi" bosh murabbiyi Vitaliy Grigoryevich Levchenko bilan jamoa yangi mavsumga qanday tayyorgarlik va kayfiyat bilan borayotganligi haqida suhbatlashdik.

— Yangi mavsumga tayyorgarlik ishlari qat’iy reja asosida Turkiyada o‘tkazildi. Rejalarimizning to‘la va keng miqyosda o‘tkazilishida viloyat hokimi, viloyat futbol assosiasiyasi prezidenti Hayrullo Hayitbayevich Bozorovning amaliy yordamlari muhim rol o‘ynadi. Reja bo‘yicha 10 ta nazorat o‘yinlari o‘tkazildi. Shundan 6 tasida g‘alabaga erishdik. Polshaning "Radomyak", Vengriyaning" Debresen",  Bolgariyaning "Krumovgrad" va "Semtemvri", Ukrainaning" Zarya", Rossiyaning "Krilya Sovetov"  va Qozog‘istonning "Jetisu" klublaridan ustun keldik. 2 ta uchrashuvda kuchlar teng keldi, 2 ta bahsda esa biz imkoniyatni boy berdik.

— Nazorat uchrashuvlarida qaysi futbolchi nimaga qodir ekanligi sinovdan o‘tkazilgan bo‘lsa kerak?
— Nazorat o‘yinlarida o‘zini ko‘rsata olmagan bir qator futbolchilar jamoa bilan xayrlashishlariga to‘g‘ri keldi. Ular o‘rnini to‘ldirish uchun seleksiya ishlari o‘tkazildi. Uning yakunlariga muvofiq gruziyalik Toma Tabatadze, ukrainalik Yuriy Batyushin, Toshkentning "Lokomotiv" jamoasidan G‘ulomhaydar G‘ulomov, "Surxon"dan Murod Bobojonov,"Olimpik"dan Vladimir Nazarov," Navbahor"dan Nurillo To‘xtasinov bilan Diyor Turopovlar jamoaga qo‘shib olindi. Ularning yangi jamoa talablari va shart-sharoitiga moslashishlari, jamoada azaldan to‘p surib kelayotgan futbolchilar bilan o‘z mahoratlarini uyg‘unlashtirib olishlari uchun qulay sharoitlar yaratildi. Ishonamanki, yangi o‘yinchilar bildirilgan ishonchni to‘la oqlaydilar.

— Mavsum oldidan har bir jamoa o‘z oldiga aniq maqsadlar qo‘yib, uni amalga oshirish rejalarini belgilaydi. Sizlarda ham shunday tadbirlar belgilangan bo‘lsa kerak?
— Yangi mavsumga tadbir va maqsadlarimiz aniq. Asosiy vazifa har bir uchrashuvni yuksak saviyada o‘tkazib, g‘alabaga erishish va muxlislarimizni xursand qilish. Ayni paytda Toshkent shahrida olib borilayotgan yakunlovchi mashg‘ulotlarimiz shu maqsadga yo‘naltirilgan. 3 mart kuni Bekobodda o‘tkaziladigan birinchi rasmiy bellashuvga poytaxtdan yetib boramiz. Bekobodliklarning o‘z maydonlarida katta kuch va g‘ayrat bilan harakat qilishlarini yaxshi bilamiz. Biz ana shu harakatlarga munosib javob topish, o‘yinda ustunlikka erishish uchun puxta tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz.

"Yangi Farg‘ona" gazetasi
Doniyor Ergashev

Manba: https://t.me/pfcneftchi_uz
Kiritildi: 23:24, 25.02.2023.
O'qildi: 1288 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.