Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Birinchi liga. «Do‘stlik Oltiariq» turnirda ishtirok etmaydi, «Zomin bo‘rilari» musobaqada qatnashadi

Birinchi liga. «Do‘stlik Oltiariq» turnirda ishtirok etmaydi, «Zomin bo‘rilari» musobaqada qatnashadi

Baho:
+ | -

2022 yilgi mavsumni Birinchi ligada o‘tkazib, yakunda 14 klub orasida 11-o‘rinni band qilgan Oltiariqning «Do‘stlik» jamoasi moliyaviy muammolar girdobida qolgan.

Shundan kelib chiqib, jamoa 23 fevral kuni 3-sonli xat bilan Birinchi ligada ishtirok eta olmasligini ma’lum qildi. Ayni vaqtda Oltiariq jamoasini moliyalashtiruvchi manbaa mavjud emas.

«Do‘stlik» Oltiariq jamoasi qatnashchilar safidan chiqariladi, biroq tashkilot to‘liq tugatilmaguniga qadar u Liga a’zosi bo‘lib qoladi. Jamoa rasmiylari Liganing Umumiy yig‘ilishlarida ishtirok etish huquqini saqlab qoladi.

Pro ligada ishtirok etish uchun Liga tomonidan qo‘yilgan talablarni o‘z vaqtida bajara olmagan «Zomin bo‘rilari» futbol klubi moliyalashtirish manbasi, shuningdek, ma’muriy tuzilma jihatidan to‘liq shakllanmagani bois 2023 yilgi mavsumda Birinchi ligada qatnashishi haqida ma’lumot berilgan edi.  

Zominliklar kuni kecha 2023 yil uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasi, yangi shakllantirilgan shtat birliklari jadvali, shuningdek, jamoa uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan «Zomin markaziy» stadioni bo‘yicha hujjatlarni Ligaga to‘liq taqdim etdi. Hozirga kelib ushbu klubning qarzdorliklari masalasi bartaraf etilgan. Ushbu omillarni inobatga olgan holda «Zomin bo‘rilari» futbol klubi 2023 yilni Birinchi ligada o‘tkazadigan bo‘ldi.

Klub direktori sifatida ayni paytda Shuhrat Hakimov faoliyat olib bormoqda. Zomin tumani hokimi jamoani moliyalashtirishga kafolat bergan.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 23:38, 25.02.2023.
O'qildi: 1560 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик