Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/11 18:00 Paxtakor 0-2 OKMK
22/11 16:00 Neftchi - Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum - Navbahor
23/11 01:00 Xetafe - Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol

Serderov: "So‘g‘diyona"ning natijalariga hissa qo‘shishim kerak"

Serderov: "So‘g‘diyona"ning natijalariga hissa qo‘shishim kerak"

Baho:
+ | -

 2023 yilgi mavsum uchun jizzaxning "So‘g‘diyona" jamoasi bir nechta trasferlarni amalga oshirdi. Ular orasida "Anji" tarkibida hamyurtimiz Odil Axmedov bilan birgalikda to‘p tepgan Rossiya hujumchi Serder Serdorov ham bor. UYEFA Chempionlar ligasi doirasidagi uchrashuvlarda maydonga tushgan, shuningdek Yevropa ligasida ishtirok egan hujumchi bilan intervyu uyushtirdik. 

 - Assalom Alaykum Serder, O‘zbekistonga xush kelibsiz. Birinchi savolim: O‘zbek futboli bilan tanishmisiz? O‘zbekistonga kelguncha futbolimizga qiziqib ko‘rganmisiz. 

- Assalom alaykum, Hozircha jamoaga kelganimga atigi ikki hafta bo‘ldi. Sekin-asta ko‘nikyapman. Hozir moslashish jarayonidaman. O‘zbek futboliga qiziqishim bo‘lgan. Terma jamoangiz sobiq sardori bilan bir jamoada o‘ynaganman. O‘zbekiston chkmpionatidan 3-4ta klubingizni bilaman. 

 - "So‘g‘diyona" futbolchilari siz va yangi kelgan boshqa ligeonerlar bilan qanday munosabatda? Jamoadagi kayfiyat va ichki muhit xaqida nima deya olasiz? 

 - "So‘g‘diyona" futbolchilari bizni yaxshi kutib olishdi. Moslashish uchun yordam bermoqda. Men jamoaga nima uchun kelganimni yaxshi bilaman. Tezroq jamoaga ko‘nikishim, moslashishim va klub natijalariga hissa qo‘shishim kerak. Ichki muhit esa ajoyib. Hammamiz mavsumga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Bizda mavsum uchun jangovar kayfiyat mavjud. 

 - "So‘g‘diyona" tarkibiga kelganingizga bir qancha vaqt o‘tdi. Ko‘nikish qay darajada bo‘ldi. Sizningcha, klubingiz joriy mavsum chempionlik uchun kurasha oladimi? 

- Ko‘nikish har xil bo‘ladi. Ba’zilar 2 haftada, yana ba’zilar yarim yilda ko‘nikadi. Mening vaziyatimda qancha tez bu ish ro‘y bersa, shuncha yaxshi. Bizda o‘yindan o‘yinga  kuchaya oladigan yaxshi jamoa bor. Biz har bir o‘yinda g‘alab uchun maydonga tushamiz. Natija esa, allohning hoxishiga bog‘liq. Buyog‘ini maydon ko‘rsatadi.

 - Ikki hafta ichida jamoaga ancha moslashgan bo‘lsangiz kerak. Ma’lumki, faoliyatingiz mobaynida "Aktobe" safida ham o‘yin o‘tkazgansiz. 2 haftalik hulosalar bilan ikki yurt futbolini solishtira olasizmi? 

- Hozircha birorta rasmi o‘yinda maydonga tushganim yo‘q. Chempionatdagi 3-4 turdan keyin solishtirishim mumkin. Xozircha o‘rganyapman. 

- Siz haqingizda ma’lumot qidirganimda, "Yuventus"dan jiddiy qiziqish bo‘lgani haqida o‘qidim. Ammo voqea tafsilotlari haqida boshqa ma’lumot chiqmadi. "Yuventus" yig‘inlarida ishtirok etganmisiz? 

 - Yo‘q, faqat "PSV" mashg‘ulotida bo‘lganman. "Yuventus"ga kelsak, bu voqea 14-15 yoshimda sodir bo‘lgan. Yoshlar turnirida men "SSKA" akademiyasi tarkibida ulvrga 3ta gol urgandim. Shundan so‘ng, ba’zi suhbatlar bo‘lgan. Bu haqida boshqa narsa deya olmayman. 

- Faoliyatingiz davomida klublarni tez almashtirishingizni ko‘rdik. Bu moslashish bilan bog‘liqmi yoki klublar bilan kelishuv shunday bo‘lganmi? 

- Aksincha, men tezda klubga moslashaman. Tez jamoalarni almashtirishim mumkin, chunki zamonaviy futbolda shunday. Juda kamdan-kam hollarda klublar 3-4 yillik shartoma taklif qiladi. Asosan, 1 yillik shartnoma beradi. Shuning uchun jamoalar tez almashtiriladi. 3-4 yilni bir jamoada o‘tkazishga qarshi emasman. 

- Hozirgi jamoangiz bilan ham shartnoma 1 yillikmi(bizda bu bo‘yicha ma’lumot berilavermaydi)? Futbolchi uchun har yili jamoa almashtirish qiyin emasmi? 

- Ha bir yillik. Hammaga har xil. Men o‘rganib qolganman. Boshqa nima qilish kerak? Shartnoma bir yillik bo‘lsa, bunga ko‘nikish kerak. 

- Suhbat uchun rahmat! Kelgusi faoliyatingizga omad tilayman. 

- Rahmat! 

Mirjalol Pardaboyev suhbatlashdi. 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 14:50, 26.02.2023.
O'qildi: 1783 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.