Xavi "Valensiya"ga qarshi o‘yinda diskvalifikasiya sabab zaxira o‘rindig‘ida bo‘lmaydi.
La Liganing 23-turidan o‘rin olgan "Almeriya"ga qarshi o‘yinda (0:1, ikkinchi bo‘lim) "Barselona" bosh murabbiyi 52-daqiqada hakamga emosional tarzda e’tiroz bildirgani uchun ogohlantirish oldi.
Migel Anxel Ortis Aryas tomonidan ko‘rsatilgan sariq kartochka Xavi uchun joriy mavsumdagi beshinchi kartochka bo‘ldi va shuning uchun u keyingi turda "Valensiya"ga qarshi o‘yinda jamoani boshqara olmaydi.