Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma - Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

U20 Osiyo kubogi. 13-chempionligi sari odimlayotgan Janubiy Koreya ispaniyalik mutaxassis boshchiligidagi Ummonga qarshi! — prevyu

U20 Osiyo kubogi. 13-chempionligi sari odimlayotgan Janubiy Koreya ispaniyalik mutaxassis boshchiligidagi Ummonga qarshi! — prevyu

Baho:
+ | -

Ertaga «JAR» stadionida U-20 Osiyo kubogi «C» guruhi birinchi o‘yini doirasida Janubiy Koreya Ummonga qarshi bahs olib boradi. Jamoa bosh murabbiy Kim Yon Junning so‘zlariga ko‘ra, Koreya ushbu turnirda rekord qayd etadi hamda 13-marta qit’a chempionligini qo‘lga kiritadi. Eslatib o‘tamiz, Koreyaning so‘nggi muvaffaqiyati 2012 yilga to‘g‘ri keladi.



«Osiyoning kuchli jamoalaridan biri sifatida bizning maqsadimiz aniq, bu turnirda g‘alaba qozonish. Tan olish kerak, boshqa jamoalar ham oldinga siljishmoqda, shuning uchun bu qiyin bo‘ladi, ammo biz bu qiyinchilikka yaxshi tayyorgarlik ko‘rganimizga ishonamiz», deydi Yon Jun. Koreya Respublikasi o‘z saralash guruhida Mo‘g‘uliston, Malayziya va Shri-Lankani ortda qoldirib, maksimal ball bilan guruh bosqichiga yo‘l oldi.



«Saralash bosqichi boshlanganidan buyon juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik, ayniqsa o‘tgan yil davomida biz bir nechta o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazdik. Umid qilamizki, bu urinishlar turnir davomida o‘z samarasini berib, qandaydir natijaga erishamiz. Boshqa jamoalarni tahlil qilish uchun yaxshi vaqt emas, chunki bizda yetarli ma’lumot yo‘q, lekin Ummon saralashda juda yaxshi o‘ynadi va musobaqadagi eng yaxshi jamoalardan biridir.

«Bu turdagi musobaqalar mamlakatimiz va boshqa davlatlardagi ko‘plab yirik nomlarni jahonga tanitadi», — deya ta’kidlaydi Kim. Ummon ushbu musobaqada bor-yo‘g‘i ikki marta qatnashgan bo‘lib, ularning eng oxirgisi 2014 yilga to‘g‘ri keladi, har ikki holatda ham jamoa guruh bosqichidan chiqqan.



Bosh murabbiy Devid Gordo o‘tgan yili Ummonning bir necha yoshdagi jamoalarini boshqargan. Uning o‘z vatani Ispaniyada ham katta tajribasi mavjud. U Ummonga natija keltirmoqchi, lekin buni o‘ziga xos o‘yin uslubini yaratish orqali amalga oshirmoqda. «Biz o‘z jamoamizni turnirda ishtirok etishi uchun katta evolyusiya bilan tayyorladik va maqsadlarimizga erishish uchun jamoa bilan bir dam bo‘lib ishladik», dedi Gordo. «Birinchi maqsadimiz – guruh bosqichidan chiqish. Biz musobaqada g‘alaba qozonish uchun favoritlardan biri bo‘lgan Koreya Respublikasi bilan munosib raqobatlashishimiz kerak. 10 kundan beri shu yerdamiz va bu yerdagi ob-havo sharoitiga moslashdik degan umiddaman.

«Menga Ispaniya federasiyasida ko‘p yillar ishlash baxti nasib etdi va u yerda ko‘plab iste’dodlarni uchratdim. O‘ylaymanki, bu kabi turnirlar futbolchilarning bo‘lajak yulduzlar bo‘lib yetishishida muhim ahamiyatga ega. Bunday yuksak saviyadagi musobaqalar bu maqsadga erishishda yordam beradi». Garchi birinchi o‘yin jiddiy qiyinchilik tug‘dirsada, Gordon Ummonni raqibning nomidan qat’i nazar, o‘zining kuchli tomonlariga e’tibor qaratishini ta’kidlamoqda.



«Biz to‘rt yildan beri o‘z o‘yin uslubimiz ustida ishlayapmiz. Koreya Respublikasi ajoyib jamoa ekanligini bilamiz, lekin biz o‘z o‘yin uslubimizga ishonamiz va o‘z uslubimiz bilan boshqa raqiblarga qarshi o‘ynashga harakat qilamiz. Albatta, bizda boshqa jamoalar haqida ma’lumotlar bor, ularni tahlil qildik va bu ma’lumotlardan foydalanib, ularga qarshi raqobatlashishga harakat qilamiz», — dedi Gordon.

Kiritildi: 22:38, 01.03.2023.
O'qildi: 1479 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.