Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/07 20:00 Mash’al 1-1 Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv 3-3 Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 1-4 OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

Kvarasxeliyaning agenti: "Men va uning otasi "Barselona"ga muxlislik qilamiz, uning o‘zi esa..."

Kvarasxeliyaning agenti: "Men va uning otasi "Barselona"ga muxlislik qilamiz, uning o‘zi esa..."

Baho:
+ | -

"Napoli" vingeri Xvicha Kvarasxeliyaning agenti Mamuka Djugeli mijozining qaysi jamoaga muxlislik qilishi haqida gapirdi. Eslatib o‘tamiz, gruziyalik futbolchi A Seriyadagi ilk mavsumidayoq 20 uchrashuvda 10 ta gol va 9 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

"Xvichaning otasi va men "Barselona"ni qo‘llab-quvvatlaymiz, ammo futbolchining o‘zi "Real" muxlisi. Men uni "Barselona"da ko‘rishdan xursand bo‘lardim, lekin uning istaklari butunlay boshqacha", - dedi futbolchining agenti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xvicha bolalikdagi kumirlari Krishtianu Ronaldu va Guti bo‘lganini tan olgandi, ular turli vaqtlarda "Real" sharafini himoya qilganlar. Kvarasxeliyaga hozircha "Liverpul" va "Manchester Siti" klublari qiziqish bildirishgan.

Kiritildi: 16:22, 02.03.2023.
O'qildi: 4838 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик