Kecha Angliya premyer-ligasining navbatdagi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Turning markaziy o‘yinida "Liverpul" "Manchester Yunayted"ni yirik 7-0 hisobida taslim etdi. O‘yin hisobi o‘z yo‘liga ammo "Liverpul"ning har qanday hisobdagi g‘alabasi ham sensasiya sifatida qabul qilinishi bor gap edi. Bu g‘alaba mersisaydliklarga kurashga qaytish imkonini birdi. Endilikda APLda kuchli 4lik uchun jiddiy kurash bo‘lishi aniq. Quyida jamoalarning bu pog‘ona uchun imkoniyatini hisoblab chiqamiz.
Normal holat
"Tottenxem", "Liverpul" va "Nyukasl"
Yuqoridagi 3 klubning biri kuchli 4likni yakunlab berishi bu aslida normad xolat. Sababi o‘sha 3 klub orasida eng ko‘p ochko jamg‘argan "Tottenxem" tahqibchilaridan ko‘proq o‘yin o‘tkazgan. Konte shogirdlari shu sababli 45 ochko jamg‘arishga ulgurishgan. Ulardan ortroqdagi "Liverpul"da esa 42 ochko va 1ta qo‘shimcha o‘yin bor. Ko‘rinib turibdiki, Klopp qancha omadsiz mavsum o‘tkazmasin, kuchli 4likka juda yaqin joylashib oldi. 12 tur davomida londonliklar ham ochko yo‘qotishi aniq. Klopp shogirdlari esa maksimal ochko jamg‘arsa kamida kuchli 4likda bo‘lishi aniq. Bunday holatda ular 3likka ham kurashib ko‘rsa bo‘ladi. 6-pog‘onadagi "Nyukasl"da 2 zahira o‘yini va 41 ochko bor. O‘sha ikki o‘yindagi g‘alaba "yangi boy"ga kuchli 4likni taqdim etadi. Ammo klub bundan tashqari mavsumning qolgan qismida ham raqiblaridan kam ochko jamg‘armasligi shart.
Uch klubning taqvimi
"Tottenxem" kuchli to‘rtlikda qolish imkoniyati 27%
"Tottenxem"dagi taqvim bir qancha og‘irroq. kelayotgan uch turda klub maksimal 9 ochko jamg‘arishiga ishonish mumkin. Negaki raqiblar("Nottengem", Sautgempton" va "Everton") unchalik jiddiy emas. Keyingi ikki o‘yin esa o‘rta darajadagi qiyinchilik yarata oladigan jamoalar, "Brayton" va "Bornmut". Bu jamoalar "Tottenxem"ni ancha qiynashi ham mumkin, ammo o‘yinlar Londonda bo‘lib o‘tadi. Kulminasion o‘yinlar esa 5turdan keyin boshlanadi. Raqiblar, "Nyukasl","MYU" va "Liverpul" bu matchlarning 2tasi mehmonda bo‘lib o‘tadi. Aynan mana shu uchrashuvlardan klub talofatsiz o‘ta olsa, ularning kuchli 4likda bo‘lish imkoni oshib ketadi.
"Liverpul" kuchli to‘rtlikka kirish imkoniyati 28%
Klopp jamoasida ham taqvim yaxshi emas. Kelayotgan 3 tur jamoaning kelgusidagi o‘rniga katta ta’sir o‘tkazadi. Klub Aprelning ilk 10 kunida "Manchester Siti" va "Chelsi"ga safar uyishtiradi hamda "Arsenal"ni Enfildda qabul qiladi. Jamoa shundan so‘ng 3 tur o‘rta qiyinchilikdagi jamoalarga qarshi bahs olib boradi. 30 apreldagi raqibi esa "Tottenxem" bo‘ladi. Mana shu 4 turdagi to‘plangan ochkolar klubning kelajagi uchun juda muhim. Nafaqat klub, balki Kloppning ham kelajagini hal qilsa ajabmas. Mersisaydliklarning zahiradagi o‘yini "Fulxem"ga qarshi bo‘ladi.
"Nyukasl" kuchli to‘rtlikka kirish imkoniyati 30%
Taqvim Eddi Xauni xursand qilar edi. Agar jamoa so‘nggi turlardagi muvaffaqiyatsizlikni takrorlamasa. Chunki klubni oldindagi taqvimda ketma-ket qiyin uchrashuvlar kutib turgani yo‘q. Bir o‘yindan keyin ularda rotasiyani amalgaoshirish imkoni ham bor. Misol uchun 29 turda "MYU"ga qarshi o‘yin olididan klub, "Nottengem" mehmoni bo‘ladi. "MYU"dan keyin "Nyukasl" omadsiz mavsum o‘tkazayotgan "Vest Xem"ga safar uyishtiradi. Bundan tashqari Eddi Xau jamoasi "Sautgempton" va "Lids"ga qarshi o‘yinlar orasida "Arsenal"ni o‘z uyida qabul qiladi. So‘nggi tur esa "Chelsi"ga qarshi mehmondagi o‘yin. Klub Chempionlar ligasida ishtirok etishni istasa, taqvimdagi ustunlikdan foydalanib qolishi kerak.
Sensasiyalar 15%
Bu futbol va unda istalgan voqealar yuz berishi mumkin. Shu sababli kuchli 4lik uchun kurashda bevosita ishtirok eta oladigan jamoalar ham bor. Ular qatorida birinchi navbatda, "Brayton" va "Brentford"ni aytsak bo‘ladi. Chunki ikki klub 4-o‘rindagi "Tottenxem"dan 3 ta kam o‘yin o‘tkazgan va "Brayton" 8 ochko, "Brentford" 10 ochko ortda qolmoqda. Klublarning mavsumdagi o‘yinidan kelib chiqsak, aynan ular ham Chempionlar ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishi mumkin. Ammo bitta muammo bor. Ushbu ikki klub tarkibida xal qiluvchi paytlarda yukni o‘z yelkasiga oladigan yulduzlar yo‘q. Shuningdek, "MYU" hali kuchli 4likda qolishiga ham hech kim kafolat bera olmaydi. Chunki, ta’qibchilar juda yaqin. Oldindagi ikki gegemon "Arsenal" va "Man Siti" kuchli 4likdan tushib qolishiga ko‘pchilik ishonmasa kerak.