"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne mavsumni og‘ir o‘tkazmoqda. Ba’zida Xosep Gvardiola belgiyalik futbolchini zaxirada qoldirmoqda.
"Kevinning standartlari har doim xavfli. Uning darajasini hamma biladi. Bir hafta ichida u o‘z fazilatlarini ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. De Bryuyne eng yaxshi o‘yiniga qaytadi. U shunchaki ko‘p mehnat qilishi kerak", - dedi Gvardiola.
2022/2023 yilgi mavsumda Kevin de Bryuyne "Manchester Siti" tarkibida 33 ta o‘yinda maydonga tushdi. Ularda belgiyalik futbolchi 5 ta gol urdi va sheriklariga 18 ta golli uzatma berdi.
"Manchester Siti" hozirda APL turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. “Shaharliklar” “Arsenal”dan 5 ochko ortda qolmoqda.