Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Eldor Adhamov: «Mavsumni yaxshi boshlab oldik, bu yog‘iga bo‘shashish kerak emas»

Eldor Adhamov: «Mavsumni yaxshi boshlab oldik, bu yog‘iga bo‘shashish kerak emas»

Baho:
+ | -

“Andijon”ning Qarshida “Nasaf” ustidan qozongan g‘alabasida, shubhasiz, darvozabon Eldor Adhamovning hissasi katta. U murakkab seyvlarni amalga oshirib, jamoasini muqarrar gollardan saqlab qoldi.

"Darvozabon — yarim jamoa" deb bejizga aytishmagan. Buni Adhamov yana bir karra isbotlab berdi. Jonini jabborga berib o‘ynagan darvozabon ushbu qimmatli g‘alaba haqida shunday dedi:

— Xudoga shukr, bu o‘yin biz uchun juda omadli chiqdi, - deya gap boshladi, Adhamov. -  “Nasaf”ning har bir pozisiyasida yaxshi o‘yinchilar borligini va jamoaning umumiy holatda kuchli ekanligini bilardik. Buni butun O‘zbekiston futboli biladi. Qo‘ldan kelganicha “Nasaf”ning o‘yin uslubini o‘rganishga harakat qildik. Shunga yarasha bizga vazifa qo‘yildi: darvozamizdan to‘p o‘tkazib yubormaslik va oldingi chiziqda imkoniyatlardan maksimal foydalanish. Xudoga shukr, himoyada tartibli o‘ynadik. O‘zimiz yaratgan vaziyatdan gol ura oldik. Birinchi taymda ko‘proq vaqtimizni hujumda o‘tkazdik. Ikkinchi bo‘limda “Nasaf” bosimni oshirdi. Shuning uchun chuqurroq himoyalanishga majbur bo‘ldik. Qarshi hujumdan foydalanib ketdik. Har doim ham bunday gol ko‘ravermaymiz. Kutilmagan pozisiyada kutilmagan zarba bo‘ldi. Zarba darvozabon uchun juda noqulay chiqdi.

Bu o‘yinga biz qattiq tayyorlandik va intizorlik bilan kutgandik. Oson uchrashuv bo‘lmasligini bilardik. Mendan tashqari himoyachilarimiz ham ko‘p vaziyatlarni bartaraf etishdi. Men ham qo‘limdan kelganicha jamoamni gollardan saqlashga harakat qildim. Xudoim o‘zi oxirigacha qo‘llasin. Raqib hujumlarini bartaraf qilganimizdan keyin ham hali o‘yin tugamagandi. His-tuyg‘uga berilmadik, muvozanatni yo‘qotmasdan oxirigacha maksimal kuchimizni sarfladik. Yana bizga hujumlar bo‘lishini bilardim. Lekin, baribir darvozabon xavfli vaziyatlarni bartaraf etganida bu unga ishonch beradi. Mavsumni yaxshi boshlab oldik va muxlislarni xursand qildik. Bu yog‘iga bo‘shashish kerak emas.

— “Nasaf” darvozabonining o‘rnida siz bo‘lganingizda Sardor Abdunabiyevning yo‘llagan zarbasini qaytara olarmidingiz yoki...
— Bunday savolga javob berish uchun oldin o‘sha pozisiyada bo‘lish kerak edi. Hozir biror nima deb bo‘lmaydi. Hamkasbini muhokama qilish to‘g‘ri emas. Umid Ergashevni qanday darajadagi darvozabon ekanini hamma yaxshi biladi. Kuchli posbon. Shaxsan menga uning o‘yinlari yoqadi. O‘sha paytda zarba juda kuchli va noqulay bo‘ldi, deb o‘ylayman. Kutilmaganda zarba berildi.

— O‘yindan so‘ng sizni g‘alaba bilan birinchi bo‘lib kim tabrikladi?
— Har doimgidek birinchi navbatda ota-onam qo‘ng‘iroq qilib tabrikladilar. Olgan jarohatim haqida so‘rashdi.

— Xo‘sh, jarohatingiz qanday, jiddiy emasmi?
— Xudoga shukr, jarohatim juda ham qo‘rqinchlik emas. Tezroq tiklanishga harakat qilaman.

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 07:20, 07.03.2023.
O'qildi: 1089 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.