Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa 0-3 Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad 3-0 Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton 1-2 Liverpul
28/09 23:45 Bolonya 1-1 Atalanta
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

La liganing eng yaxshi driblerlari. Ferran beshinchi, Vini esa ...

La liganing eng yaxshi driblerlari. Ferran beshinchi, Vini esa ...

Baho:
+1 | -

 La Liga Yevropaning eng zo‘r vingerlari bilan maqtanayapti, bu ajoyib dribling mahoratiga ega, biz ularni muntazam ravishda liga o‘yinlarida ko‘ramiz. La liganing eng kuchli dribling ustasi nomini taxmin qilish mumkin. Ammo kuchli 5likda siz tanimagan nomlar ham mavjud. 

5. Ferran Torres ("Barselona") – har bir o‘yinda 2,6 dribling.

Xa, kuchli 5likda "Barselona" futbolchisini ko‘rish ajablanarli emas. Ammo Dembele va Rafinya singari kuchli dribbling sohiblari orasida, Ferran ulardan ko‘ra ko‘proq dribling ishlatgan bo‘lib chiqmoqda. Gol urishni belmaydigan deya ta’riflanayotgan futbolchi bu mavsum kam vaqt maydonda harakat qilgan bo‘lsa-da ushbu ro‘yxatda peshqadamlar qatoridan joy olmoqda. Buning asosiy sabablaridan biri ispaniyalik vinger "Kadis"ga qarshi o‘yinda 12 bor dribling ishlatgan va uning 10tasi muvaffaqiyatli chiqqan. Messining eng gullagan davridagi o‘yinini Ferran bir marta hech bo‘lmasa driblingida ko‘rsata olibdi. 

4. Yan Kouto ("Jirona") – har bir o‘yinda 2,6 dribling.

"Jirona"da qandaydir iqtidorli futbolchi ko‘rsangiz, bilingki u "Manchester Siti"ga aloqador futbolchi bo‘ladi. U yoki "Siti" umidlarni oqlay olmay ketgan, yoki o‘zini ko‘rsatishi va o‘yin amaliyoti uchun ijaraga berilgan bo‘lib chiqadi. Odatda ijara manzili ham aniq - "Jirona". Ikki klubning hamkorligi tufayli Yan Kouto "Jirona"da o‘ynamoqda va u asli "Man Siti"ga tegishli futbolchi. Kouto 2002 yil Braziliyada tug‘ilgan. Uning asl pozisiyasi markaziy yarim himoyachi. Bundan kelib chiqsak, Pep istaydigan yarim himoyachi "Jirona"da yetilib kelmoqda. Kuzatamiz, balki Kouto keyingi mavsumdan "shaharliklar" tarkibida paydo bo‘lar. 

3. Adrian Embarba ("Almeriya") - har bir o‘yinda 2,9 dribling.

 Ushbu ro‘yxatdagi qariya bu mavsumni yaxshi o‘tkazmoqda. 1992 yil Ispaniyada tug‘ilgan futbolchi "Almeriya"da eng yaxshilardan biri bo‘lib kelmoqda. Umuman olganda ispaniyalikning o‘yin vaqti nisbatan kamroq va bu uning harakatchanligi bilan bog‘liq deya baholanmoqda. Embarba 20 o‘yinning 9tasida zahiradan maydonga tushgan. Uning yana bir ustunligi kalit uzatmalarini ham ko‘p bor amalga oshiradi. Ammo jamoada super goleador yo‘qligi sababli ham uning statistikasi va foydali ish koeffisiyenti past ko‘riladi.  

2. Samuel Chukvueze ("Vilyarreal") – har bir o‘yinga 3,1 dribling.

Ushbu futbolchi hamon "sariq submarina" tarkibida ekanligi ajablanarli. Iqtidorli va yosh futbolchini haligacha hech bir grand jamoa o‘z safiga qo‘shib olishga shoshilgani yo‘q. 1999 yilda tug‘ilgan nigeriyalik futbolchi nafaqat dribling soni ko‘pligida, balki muvaffaqiyatliligida ham ikkinchi pog‘onada bormoqda. Mavsum davomida 3 gol va 5 assistni o‘z hisobiga yozishga ulgurgan Samuning transfer narxi 21 million yevroga baholanmoqda. 

1. Vinisius Junior (“Real Madrid”) – har bir o‘yinda 3,2 dribling.

Albatta bu yo‘nalishda Vinisiusdan boshqa futbolchi yetakchilik qilishi qiyin. Braziliyalik nafaqat La ligada balki Yevropadagi eng yaxshi vingerlardan biri hisoblanadi. Menimcha, u aniqlik ustida yana ham ishlasa, jamoaga Mbappe kerak bo‘lmaydi.  

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 16:55, 07.03.2023.
O'qildi: 4512 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.