"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o‘zining jamoada muvaffaqiyat qozonishiga shubha qilmayapti.
"Qaymoqranglilar" ichki turnirlarda yaxshi o‘yin ko‘rsatmayapti: "Barselona"dan La Ligada 9 ochkoga ortda qolgan, Ispaniya kubogini qo‘shib hisoblaganda so‘nggi uchta o‘yinda jamoa birorta ham g‘alaba qozonmagan.
Ommaviy axborot vositalarida Anchelottining ishdan bo‘shatilishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar faol tarqalmoqda, Marca nashrining yozishicha, bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi: yaqinda klub prezidenti Florentino Peres italiyalik mutaxassis bilan uchrashgan va suhbat silliq kechgan. Murabbiy vaziyatni o‘z qo‘lida ekanligiga va jamoaning mavsumning qolgan qismini muvaffaqiyatli o‘tkazishiga ishonganiga ishontirdi.