Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

Anri: "PSJ" Mbappeni o‘z safida saqlab qolishga harakat qilmasa kerak"

Anri: "PSJ" Mbappeni o‘z safida saqlab qolishga harakat qilmasa kerak"

Baho:
+ | -

Fransiyaning o‘tmishdagi sobiq futbolchisi Tyerri Anri Kilian Mbappening kelajagi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Eslatib o‘tamiz, "PSJ" Chempionlar ligasidan 1/8 final bosqichidayoq "Bavariya"ga yutqazib qo‘ydi (umumiy hisob - 0:3).

"Menimcha, "PSJ"ga Kilian Mbappeni saqlab qolish qiyin bo‘ladi. Ammo, ehtimol, ular uni saqlab qolmasligi kerak" - dedi Anri CBS Sports bilan suhbatda.

Anrining fikricha, "PSJ" transfer strategiyasini o‘zgartirish haqida o‘ylashi va yulduzlarga emas, balki o‘zining yosh shogirdlariga qarashi kerak.

"PSJ" navbatdagi o‘yinni 11 mart kuni – Fransiya chempionati doirasida safarda "Brest" jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 17:14, 09.03.2023.
O'qildi: 1732 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик