Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/05 00:00 Kristal Pelas 4-0 Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill 3-4 Lion
07/05 18:00 Paxtakor 4-3 Metallurg
07/05 19:00 OKMK 3-4 Nasaf
08/05 00:00 PSJ 0-1 Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid - Bavariya

"Chelsi" 118 yoshda! Klubning Chempionlar ligasidagi ilk zafarini eslaymiz

"Chelsi" 118 yoshda! Klubning Chempionlar ligasidagi ilk zafarini eslaymiz

Baho:
+ | -

 1905 yil 10 mart sanasida ingliz futbolidagi yana bir katta nomga ega bo‘lgan klubga asos solingan. Bugun ushbu klub o‘zining 118 yilligini nishonlamoqda. Gap ko‘k libosi bilan yodimizda qolgan "Chelsi" haqida ketmoqda. Klub asoschisi sifatida o‘sha paytdagi yengil atletika arenasini sotib olib, futbol stadioniga aylantirgan Gus Mirsni aytishimiz mumkin. 118 yil davomida "Chelsi" bir nechta kubokda g‘alaba qozonishga ulgurdi. Biz esa o‘sha sovrinlardan eng yorqini bo‘lgan Yevropa Chempionlar Ligasi 2011/2012 yilgi mavsum chempionligi haqida so‘z yuritamiz. Xo‘sh, "Chelsi"ga mana shunday katta sovrinni ilk marta yutishiga hissa qo‘shgan yulduzlar hozir qayorda. 

 Darvozabon: Petr Chex 

 Oldingi dekadaning eng kuchli darvozabonlaridan biri bo‘lgan Petr Chex "Chelsi"ning Yevropada tengsiz bo‘lishiga eng katta hissa qo‘shgan futbolchi hisoblanadi. Finalning qo‘shimcha bo‘limlaridagi penaltini, so‘ngra "futbol lotoreya"sidagi haloskorligi "Chelsi"ga yakunda g‘alaba olib kelgan. "Chelsi" afsonasi 2015 yil klubni tark etib, "Arsenal" safiga borib qo‘shilgan. 2019 yilda esa "tank haydovchisi" futbolchilik faoliyatini yakunlagan. Shundan so‘ng kiper omadini hokkeyda sinab ko‘rdi va hozir ham professional hokkey darvozaboni sifatida faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, Chex "Chelsi"da texnik ishlar bo‘yicha maslahatchi bo‘lib ham ishlaydi. 

 Himoyachilar: Joze Bosingva, David Luis, Gari Keyxill, Eshli Koul 

Joze Bosingva chempionlik yilidan so‘ng "Quins park reyndjers" bilan shartnoma imzolagan. 1 mavsumdan so‘ng futbolchi "Trabzonspor" tarkibiga borib qo‘shildi va 2016 yil futbolchilik faoliyatini tugatdi. Portugaliyalik himoyachi shundan so‘ng deyarli ko‘rinish bermaydi va sportga aloqador kasbda ham uni ko‘rmadik. Balki Bosingva qandaydir biznes bilan mashg‘uldir? Bu haqida ma’lumot yo‘q. 

David Luis 2014 yil "Chelsi"dan "PSJ"ga ko‘chib o‘tdi va 2 mavsumdan so‘ng "aristokratlar" safiga qatib keldi. 2019 yildan Luis Londonning boshqa bir jamoasi "Arsenal" safida ko‘rinish berdi. 2 yildan so‘ng futbolchi o‘z ona yurti "Braziliya"ga qaytib ketdi va shundan beri "Flamengo" safida maydonga tushmoqda. 35 yoshli futbolchi katta ehtimol endi Yevropaga qaytmaydi. 

Gari Keyxill "Chelsi"ning YECHLda chempion bo‘lgan mavsumi jamoaga kelgan va 7 yillik faoliyatini "aristokratlar"ga bag‘ishlagan. 2019 yil futbolchi "Kristal Pelas" safiga ko‘chib o‘tgan. 2 yildan so‘ng himoyachi "Bornmut" safida foliyat olib bordi va 2021 yilda "butsani mixga ildi". 

Eshli Koul "Chelsi" afsonalaridan biri sifatida tilga olinadi. Futbolchi "Chelsi"dagi 8 yillik mavsumidan keyin, 2014 yilda "Roma" safiga borib qo‘shiladi. Omadsiz muvsumlardan keyin ingliz okeanortiga jo‘nab ketadi va "LA Geleksi" bilan shartnoma imzolaydi. 2019 yilda Koul Angliyaga qaytib, "Derbi Kaunti" safida bir nechta o‘yinlar o‘tkazadi va shundan so‘ng u ham faoliyatini tugatadi. 

Yarim himoyachilar: Jon obi-Mikel, Frenk Lempard, Salomon Kalu, Xuan Mata va Rayan Bertran 

Obi Mikel, u ham so‘zsiz "Chelsi"ning afsonalaridan biri hisoblanadi. 2006 - 2017 yillar davomida "Chelsi"da to‘p surgan futbolchi londonliklar safidan ketgach, ko‘p bor jamoasini almashtirdi va 2021 yilda "Quvayt SK" bilan shartnoma imzoladi. Ammo birorta o‘yinda maydonga tushmadi. O‘tgan yilning oxirida nigeriyalik 35 yoshida faoliyatini yakunlaganini rasman e’lon qildi. 

Frenk Lempard "Chelsi"ning haqiqiy tirik afsonasi. 13 yil "Chelsi" libosida maydonga tushgan yulduz 2014 yilda "Man Siti" bilan shartnoma imzoladi va bir yildan so‘ng, u ham Eshli Koul singari Amerikaga ketdi. " Nyu York Siti"da afsona futbolchilik faoliyatini yakunladi. 2018 yildan Frenk o‘zini murabbiy sifatida sinab ko‘rmoqda. Shu paytgacha u "Derbi Kaunti", "Chelsi" va "Everton" singari klublarni boshqardi va yaqinda "Everton"dan iste’foga chiqarildi. 

Salomon Kalu chempionlikdan so‘ng, Fransiyaning "Lill" jamoasi tarkibida ko‘rinish berdi. Ikki yildan so‘ng u o‘zini Bundesligada sinab ko‘rdi va "Gerta" tarkibida 6 yil to‘p tepdi. Hozirda Kalu Jibuti milliy chempionatidagi "Solar" jamoasida futbol o‘ynamoqda. 

Xuan Mata "Chelsi"dagi supero‘yinlaridan so‘ng, 8 yilni "MYU" safida o‘tkazdi va avvaliga yaxshi o‘ynagan yarim himoyachi keyinchalik jamoaning ajralmas zahira futbolchisiga aylanib qoldi. 8 mavsumda 200ga yaqin o‘yin o‘tkazgan yulduz o‘tgan yili "Galatasaray" tarkibiga borib qo‘shildi. 

Rayan Bertran jamoadagi eng kichik nom desak, ajab bo‘lmaydi. Futbolchi "Chelsi"dagi umumiy 9 yilini 10ta klubda o‘tkazdi. Klub futbolchini har yili ijaraga berardi. Rasman 2015 yil "Chelsi" bilan shartnomasi tugagach, Bertran "Sautnemton" safiga borib qo‘shildi. 6 mavsum "oq-qizillardagi faoliyatidan so‘ng, 2021 yildan ber u "Lester" futbolchisi.

Hujumchi: Didye Drogba 

"Chelsi"ning chempionligiga asosiy hissa qo‘shgan futbolchi kelasi mavsumni Xitoy klubida boshlagan va bir yildan so‘ng "Galatasaray" safiga ko‘chib o‘tgan. Turkiyadagi bir mavsumdan keyin Drogba yana o‘z jamoasiga qaytdi va bir yildan keyin yana klubini almashtirdi. Oxir-oqibat 2018 yilda yulduz AQSHning "Feniks Rising" jamoasida faoliyatini yakunlagan.  

Murabbiy: Roberto di Matteo 

Italiyalik murabbiy chempionlikdan so‘ng bir-necha yil ko‘rinish bermadi va 2014 yil "Shalke"da ish boshladi. Omadsiz 1 mavsumdan so‘ng u 2016 yilda "Aston Villa" murabbiyi sifatida tanishtirildi va yana muvaffaqiyatsizlikka uchradi. 2023 yilning boshida italiyalik mutaxassis Koreaning "Chonbuk Motors" klubida texnik maslahatchi sifatida ish boshlagan. 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 16:00, 10.03.2023.
O'qildi: 1773 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.