Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Vitaliy Levchenko «Paxtakor»ni qanday qilib mag‘lub etganini aytdi

Vitaliy Levchenko «Paxtakor»ni qanday qilib mag‘lub etganini aytdi

Baho:
+ | -

«Neftchi» klubi bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko Superliganing 2-turi doirasida «Paxtakor»ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yin (2:1) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

— O‘yin haqida qisqa xulosa qiladigan bo‘lsam, rejamiz amalga oshdi. O‘yin muxlislarga yoqdi degan umiddaman. Tezkor va faol o‘yin bo‘ldi. Biz ongli ravishda maydonni raqibga topshirdik. Chunki "Paxtakor"ning qanotlarini yopish kerakligini bilardik. Ammo har ikki darvoza oldida xavfli vaziyatlar yuzaga keldi. Qarshi hujumlarda ko‘p imkoniyatlarga ega bo‘ldik, ammo ularning barchasidan foydalana olmadik. Biroq futbol shunisi bilan qiziq. Ishqibozlarga ham shunisi yoqadi.

— "Neftchi" va "Navbahor" kabi jamoalar doimo "Paxtakor"ga qarshi ikki his kuch bilan harakat qilishadi. Bugun "Neftchi" o‘zining bor imkoniyatini namoyish etdimi yoki klub hali yana o‘sishda davom etadimi?
— Hali jamoamizning salohiyati bor. Agar bugn e’tibor bergan bo‘lsangiz, jismoniy jihatdan yaxshi ko‘rindik. Raqibdan hech bir jihatdan qolishmadik. Boshqa tomondan, "Paxtakor" — O‘zbekistonning amaldagi chempioni. Har qanday jamoa bu klubga qarshi katta kuch bilan o‘ynaydi.

— Bugun "Neftchi" besh himoyachi bilan o‘ynadi. Bu jamoaning doimiy taktikasi bo‘ladmi yoki keyingi o‘yinlarda boshqa o‘yin uslublarida harakat qilishi mumkinmi?
— Biz 2022 yilgi mavsumda ham shunday taktikadan o‘ynagandik. O‘z futbolchilarimizning salohiyatidan kelib chiqib, ulardan maksimal foyda chiqarishga harakat qilyapmiz. O‘z o‘yinimizga mos tushadigan futbolchilarni tanladik. Bu o‘z samarasini beryapti.

— Sizningcha, "Paxtakor" avvalgi mavsumga nisbatan kuchsizroq ko‘rinyaptimi?
— Yo‘q. "Paxtakor" hamon kuchli jamoa. Shunchaki, raqiblar "Paxtakor" o‘yiniga moslashib o‘ynashni o‘rganishmoqda. Barcha jamoalar bu klubning o‘yinini tahlil qilmoqda va "Paxtakor"ni nimaning evaziga mag‘lub etish mumkinligini o‘rganishmoqda. 1-turda "Olimpik" tezkor qarshi hujumla orqali gollar urdi. Men ham bu jamoaning o‘yinlarini tahlil qildim, "Paxtakor"ning yig‘indagi 3-4ta o‘yinlarini tomosha qildim. Masalan, Shaskix jamoasi "Dnepr"ga qarshi bahsda tashabbusga erishganiga qaramay, qarshi hujumlarda gol o‘tkazib yuborib, 0:3 hisobida yutqazgandi. Futbol bir joyda to‘xtab turgani yo‘q, barcha izlanmoqda, o‘rganmoqda. "Paxtakor"ning kuchsiz tomonlarini o‘rgandik va bundan foydalanishga harakat qildik. Ha, biz gollarni qarshi hujumlardan emas, standart vaziyatlardan urdik. Buning ustida ham ishlagandik.

Kiritildi: 23:01, 10.03.2023.
O'qildi: 3086 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.