Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika 2-3 Angliya
06/07 23:59 Portugaliya 0-1 Ispaniya
07/07 05:00 AQSh 1-4 Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr
08/07 01:00 Shveysariya - Kolumbiya

"Manchester Yunayted" argentinalik yulduz uchun asosiy da’vogar bo‘lib turibdi

"Manchester Yunayted" argentinalik yulduz uchun asosiy da’vogar bo‘lib turibdi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" "Roma" hujumchisi Paulo Dibalani qo‘lga kiritish uchun asosiy da’vogar bo‘lib turibdi.

Argentinalik futbolchining amaldagi shartnomasida ko‘rsatilgan tovon puli summasi bor-yo‘g‘i 12,5 million yevroni tashkil qiladi. Hozirdan bir nechta klublar ushbu bandni faollashtirish imkoniyatlarini o‘rganib chiqishmoqda, biroq hozirda “Manchester Yunayted” 29 yoshli futbolchi uchun kurashda favorit hisoblanadi, deb xabar beradi GOAL. Avvalroq, "Roma" hujumchining maoshini oshirish evaziga shartnomadagi bandni olib tashlashi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Transfermarkt ekspertlari Paulo Dibalaning narxini 30 million yevroga baholamoqda. Joriy mavsumda u 26 uchrashuvda 12 gol va 8 golga assistentlik qilgan.

Kiritildi: 00:06, 11.03.2023.
O'qildi: 2923 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик