Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Teves: "Fergyuson meni "MYU" sotib olishini aytib, Berbatovni taklif qilgandi"

Teves: "Fergyuson meni "MYU" sotib olishini aytib, Berbatovni taklif qilgandi"

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted"ning sobiq hujumchisi Karlos Teves nega 2009 yilda jamoani tark etishga qaror qilganini tushuntirdi.

Eslatib o‘tamiz, argentinalik futbolchi natijada "Manchester Siti"ga ko‘chib o‘tgan va u bilan keyinchalik Premyer-liga chempionligini qo‘lga kiritgandi.

"Men "Manchester Yunayted"da ijara asosida o‘ynaganman. Muddati tugash arafasida Fergyuson klub meni sotib olishini aytdi, ammo keyin Berbatov transfer qilindi. 2009 yilgi Chempionlar ligasi finalida "Barselona"ga qarshi o‘yindan bir kun oldin murabbiyga "Manchester Siti"ga o‘tishimni aytgandim", - dedi Teves jurnalist Roy Nemerga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Teves "Manchester Siti" bilan APLda g‘alaba qozonganidan so‘ng chempionlik paradida "Tinch o‘tir, Fergi" yozuvi yozilgan plakat bilan suratga tushgandi.

Kiritildi: 13:10, 11.03.2023.
O'qildi: 3099 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик