Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting 5-0 Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo

U20 Osiyo kubogi. O‘zbekiston o‘ta qiyin va asabiy o‘yinda JCH yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi!

U20 Osiyo kubogi. O‘zbekiston o‘ta qiyin va asabiy o‘yinda JCH yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi!

Baho:
+ | -

20 yoshli futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi chorak finalidan o‘rin olgan O‘zbekiston va Avstraliya terma jamoalari o‘rtasida deyarli 3 soat davomi etgan o‘yin hozirgina yakuniga yetdi.

Birinchi bo‘limda jamoalar tengma-teng o‘yin namoyish etishdi va hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo‘limda vaziyat yaratish bo‘yicha ustunlik o‘zbekistonliklar tomonida bo‘lsa-da, "kengurular" 77-daqiqada hisobni ochishdi. Vakillarimiz esa tezkor javob qaytarishdi. Oradan 2 daqiqa o‘tib Abdurahmatov tomonidan yo‘llangan zarba natijasida to‘p ustunga tegib, to‘rga borib tushdi.

Qo‘shimcha bo‘limlar ham har ikki jamoa uchun og‘ir o‘tdi, futbolchilar katta kuch yo‘qotishdi. Hisob boshqa o‘zgarmagach, navbat penaltilar seriyasiga keldi.

11 metrli jarima zarbasini Avstraliya boshlab berdi. Har ikki jamoaning dastlabki 4 futbolchisi penaltini aniq bajardi. Raqibning beshinchi a’zosi tomonidan yo‘llangan zarba natijasida to‘p to‘singa tegib qaytdi. Hal qiluvchi zarbani Umarali Rahmonaliyev o‘z zimmasiga oldi va raqib darvozabonini osonlik bilan dog‘da qoldirdi. Penaltilar seriyasida — 5:4.

Shu tariqa, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi OCH yarim finaliga chiqish bilan birga may oyida Indoneziyada o‘tadigan Jahon chempionati yo‘llanmasini ham qo‘lga kiritdi!

U-20 Osiyo kubogi, chorak final bahsi
11 mart, shanba. soat 19:00
O‘ZBEKISTON U20 — AVSTRALIYA U20 - 1:1. Penaltilar seriyasi — 5:4
Gollar: Zafarmurod Abdurahmatov (80) — Gabriyel Popovich (77)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:02, 11.03.2023.
O'qildi: 6922 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.