Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

Rubin Xebay: "Ushbu holatda hattoki sariq kartochka berilishi ham to‘g‘ri bo‘lmasdi"

Rubin Xebay: "Ushbu holatda hattoki sariq kartochka berilishi ham to‘g‘ri bo‘lmasdi"

Baho:
+ | -

“Andijon” klubining albaniyalik legioner Rubin Xebay “Surxon”ga qarshi uchrashuvda zaxiradan maydonga tushirildi.

Ammo o‘yin oxirlarida hakam unga tushunarsiz holatda sariq va so‘ng qizil kartochka ko‘rsatib, maydondan chetlatdi. Uchrashuvdan so‘ng Xebay o‘z fikrlarini aytdi.

"Biz yaxshi o‘ynadik deyishim mumkin. Ammo to‘g‘risini aytganda, o‘yin ritmi o‘z darajasida bo‘lmadi. Bunga ko‘proq hakam aybdor deb hisoblayman. Birinchi qizil kartochkagacha yaxshi o‘yin ko‘rsatayotgandik. Lekin uchrashuv davomida ikkita katta pauza bo‘ldi va bu bizni o‘yin ritmimizga ta’sir qildi.

Men raqib jamoadan ustun edik, deya olmayman. Biroq fikrimcha, biz bu uchrashuvda yuta olardik. Menda shunday fikr tug‘ilyaptiki, ushbu o‘yinni hakamlar tufayli yutqazdik.

Uchrashuvdan keyin hakamga tushuntirishga harakat qildim. Chunki men o‘sha vaziyatda raqibga umuman tegmagandim. Hattoki, ushbu holat uchun sariq kartochka berilishi ham to‘g‘ri bo‘lmasdi. Chunki raqib o‘yinchisining boshi pastga qaragandi va o‘zi to‘pga boshi bilan qarab keldi. Aslida unga tekkanim ham yo‘q. Hakamga alban tilida nima qilsang qilishing mumkin, deb gapirdim. Lekin hakam meni haqoratlayapti, deb tushundi, shekilli. Uchrashuvdan keyin unga tushuntirmoqchi bo‘lganimda ham u meni haqorat qilding degan gapni aytdi", — dedi Rubin Xebay.

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 14:59, 12.03.2023.
O'qildi: 1419 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик