Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

U-20 Osiyo kubogi: Janubiy Koreya 3-1 Xitoy. O‘yindan keyin jamoa ustozlari nimalar dedi?

U-20 Osiyo kubogi: Janubiy Koreya 3-1 Xitoy. O‘yindan keyin jamoa ustozlari nimalar dedi?

Baho:
+ | -

Bugun O‘zbekistonda o‘tayotgan 20 yoshgacha bӯlgan yoshlar ӯrtasidagi Osiyo chempionatining chorak final, navbatdagi bahslari o‘tkazildi. Unda Koreya Respublikasi va Xitoy terma jamoalari to‘qnash keldi. 120 daqiqa davom etgan bahsda "Osiyo yo‘lbarslari" raqibini 3-1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, yarim finalga yo‘l oldi. Shuningdek, koreyalik yoshlar 2023 yilning yozida, Indoneziyada o‘tkaziladigan yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga ham tashrif buyuradigan bo‘ldi. O‘yindan keyin har ikki jamoa ustozlari o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Xitoy Xalq Respublikasi bosh murabbiyi Antonio Pucho Visente mag‘lubiyatdan keyin quyidagi fikrlarni bildirdi.

"Biz o‘yinni oldindan qiyin bo‘lishini bilardik. Bugungi raqib turnirdagi eng kuchli jamoalardan biri. Futbolchilarim o‘yinidan qonishiqish hosil qildim. Koreya Resbuliklasi guruh bahslarida gol o‘tkazmagandi. Biz birinchi golni urdik va bu biz uchun katta ustunlik bergandi. Hisobni ushlab qolish qiyin kechdi. Penalti bizga pand berdi".

Bugun futbolchilaringiz qanchalik bosim ostida edi?

"Hamma o‘yin turlicha. Shunga yarasha raqiblarga alohida yondoshuv zarur. Buning uchun har bir o‘yin orasida raqiblarni kuzatdik. Futbolchilar jismoniy tomonlama ancha qiynaldi. Ekstra bo‘limlar jismoniy jihatdan murakkab edi".

Siz jarohatlar sababli almashtirilshlar qildingiz. Bu narsa futbolchilarning ruhiyati bilan ham aloqadormi?

"Har bir o‘yinda almashtiruvlarni amalga oshirish kerak. Busiz iloji yo‘q. Maydonning qaysi qismida sustkashlik borligiga qarab zaxiradagilar tanlandi. Lekin bugun bizga asosan jarohatlar halaqit qildi. Yigitlar so‘nggi kuchi qolguniga qadar kurashdilar. Buni men qadrlayman".

Futbolchilaringiz harakatidan qoniqish hosil qildingizmi?

"Men futbolchilar harakatidan qoniqish hosil qildim. Negaki, jamoadagi har bir o‘yinchi muhim. Bugungi o‘yin ko‘rsatib berdiki, biz to‘g‘ri yo‘lda ketyapmiz. Futbolchilarimga boshlarini yuqoriga ko‘tarib maydonni tark etishi kerakligini aytdim. Ular bilan faxrlanaman. Shunday darajada davom etamiz".

 

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida g‘olib jamoa ustozi Kim Yong Jun o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.

"Avvalo, barcha bizni qo‘llab turganlarga minnatdorchilik bildiraman. Muxlislar va murabbiylar shtabining g‘alabada beqiyos xizmatlari bor. Jahon chempionatiga chiqish biz uchun o‘ta muhim edi. Bu ishni amalga oshirdik va o‘ylaymanki, xalqimiz ishonchini oqlay oldik".

G‘alaba kiyinish xonasida qanday nishonlandi?

"Hamma juda xursand. Biz uchun bu natija faqat boshlanishi. Ammo xursandchiliklarimiz ko‘pga cho‘zilmaydi. Chunki keyingi o‘yin O‘zbekistonga qarshi kechadi. Bu haqida qattiq qayg‘urish kerak".

Gollar haqida nima deya olasiz?

"Gollarning hammasi ajoyib edi. Bu o‘yin turnirdagi ilk kambek g‘alaba edi. Bugungi natija Koreya tarixiga muhrlanadi. Maqsadimiz chempionlikka erishish bo‘lib qolaveradi.
Futbolchilar qo‘rqmasdan o‘ynashdi. Bu esa har qanday jamoa uchun o‘ta muhim sanaladi".

Raqibga nisbatan kuchli pressing uyushtirish strategiyaning bir qismi edimi?

"Pressing – raqibning kimligiga bog‘liq. Xitoyliklarning ruhiy baqquvat ekanini bilaman. Shunga yarasha tayyorgarlik olib borgan edik. Jismoniy yetuk raqibga qarshi bosim berib o‘ynash zarur. Aks holda, himoyalanishga to‘g‘ri keladi. Eng yaxshi himoya esa bu hujumdir".

O‘zbekistonga qarshi o‘yin futbolchilaringizga ruhiy bosim beradimi?


"Oxirgi oylarda ular bilan biz uchrashgan edik. Shu sababdan ikki jamoa ham bir birini yaxshi biladi. Ruhiy va jismoniy tayyorgarlik bilan O‘zbekistondek raqibni yengib o‘ta olamiz deb o‘ylayman. Ammo ular turnir mezboni va ko‘plab muxlislari qarshisida harakat qiladi. Biz, ko‘proq muhit va muxlislar bosimiga qarshi tayyorlanishimiz lozim".

 

 


ISMATOV J.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:01, 12.03.2023.
O'qildi: 5109 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.