Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

"Neftchi" himoyachisi "Paxtakor" ustidan qozonilgan g‘alabaga izoh berdi

"Neftchi" himoyachisi "Paxtakor" ustidan qozonilgan g‘alabaga izoh berdi

Baho:
+ | -

Superliganing 2-tur bahsida "Paxtakor" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan "Neftchi"ning ukrainalik himoyachisi Oleksey Larin jamoa matbuot xizmatiga qisqacha intervyu berib o‘tdi.

—Amaldagi chempion bilan bo‘lib o‘tgan o‘yin hususida fikrlaringizni bildirib o‘tsangiz

—Jamoamiz shu kuni chempionlikka davogarlardan biri bo‘lgan" Paxtakor" ustidan ajoyib va o‘ta muhim g‘alabani nishonladi.

—Mazkur bellashuvda siz eng yaxshi o‘yinchi sifatida e’tirof etildingiz. Bu borada taassurotlaringizni qanday.

—Taassurotlarim juda ijobiy. Jamoam uchun har doim foydali bo‘lishim menga quvonch bag‘ishlaydi.Asosiysi, ushbu o‘yinda uch ochkoni qo‘lga kiritdik va muxlislar bundan mamnun bo‘ldilar.

—Shu kuni stadionda haqiqiy anshlag guvohiga aylandik. Bu manzara sizga ma’qul keldimi.

—Futbolchi uchun bunaqangi atmosfera, ayniqsa jamoani yuqori saviyada qo‘llab-quvvatlashlari hamisha juda yoqimlidir.SHu bilan birga muxlislarimizni o‘yinimiz orqali xursand qildik deb o‘ylayman va ularga minnatdorchiligimizni bildiraman.

Manba: "Нефтчи" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 14:53, 13.03.2023.
O'qildi: 1422 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик