Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

"Surxon" - "Andijon" uchrashuvi hakamining ishi ko‘rib chiqildi. "Bollada ayb yo‘q, hamma ayb translyasiyada!"

"Surxon" - "Andijon" uchrashuvi hakamining ishi ko‘rib chiqildi. "Bollada ayb yo‘q, hamma ayb translyasiyada!"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superliganing 2-turidan o‘rin olgan "Surxon" - "Andijon" uchrashuvi yakunlanganidan so‘ng, "Andijon" jamoasi tomonidan bahsning so‘nggi daqiqalarida mehmonlarning 99-raqamli hujumchisiga ko‘rsatilgan qizil kartochka yuzasidan o‘yin qaydnomasiga rasman e’tiroz kiritgan edi. Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan ushbu vaziyat ko‘rib chiqildi.

Unga ko‘ra, uchrashuvning 90+9-daqiqasida to‘p uchun kurashda raqibiga qo‘pollik ishlatgani uchun hakam tomonidan ogohlantirilgan "Andijon" hujumchisi vaziyatdan norozi bo‘lib, hakamni so‘kib haqorat qiladi. Uchrashuv bosh hakami shu zahoti uni maydondan chetlatgan.

"Hakam bu vaziyatda futbolchini maydondan chetlatib to‘g‘ri qaror chiqargan" - deyiladi Ekspert-hakamlar komissiyasi bayonotida.

Bundan tashqari, Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan nafaqat yuqoridagi vaziyat, balki uchrashuvdagi boshqa e’tiborga molik vaziyatlar ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvning 18-daqiqasida "Andijon"ning 4-raqamli futbolchisi mezbonlarning 18-raqamli futbolchisini darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib borayotganida qoidaga zid ravishda to‘xtatib qoladi. Uchrashuv bosh hakami ushbu vaziyatda o‘yindan tashqari holat deb xato qaror chiqaradi. "Hakam bu vaziyatda "Andijon"ning 4-raqamli futbolchisini so‘nggi umid foli uchun maydondan chetlatishi kerak edi" - deyiladi Ekspert-hakamlar komissiyasi bayonotida.

Uchrashuvning 53-daqiqasida ro‘y bergan vaziyatda "Andijon" futbolchisi to‘pni yo‘qotib qo‘ygach darvozabon bilan yuzma-yuz vaziyatga chiqib ketayotgan "Surxon" futbolchisini qo‘pollik bilan to‘xtatib qoldi. Bu so‘nggi umid foli hisoblanadi. Shu tufayli, hakamning qarori to‘g‘ri bo‘lgan.

Uchrashuvning 63-daqiqasida "Andijon" jamoasi sardori burchakdan yetkazib berilgan uzatmani boshi bilan darvozaga kiritadi. Vaziyatni o‘rganib chiqgan VAR mehmonlarning 99-raqamli futbolchisi zarba berilgan vaziyatda darvozabonga o‘yindan tashqari holatda turib xalal bergani haqida bosh hakamga xabar beradi. Videotakrorni ko‘rgan bosh hakam golni bekor qiladi. Aslida, bu vaziyatda VAR hakamlari texnik xato tufayli chiziqlar rangini almashtirib qo‘yishgan. Mehmonlarning 99-raqamli hujumchisi o‘yindan tashqari holatda emasdi. Natijada: "Hakam gol o‘yindan tashqari holatda kiritildi deb qaror chiqargan" - deyiladi Ekspert-hakamlar komissiyasi bayonotida.

O‘rni kelganda aytish kerakki, translyasiya sifatining talab darajasida emasligi bir necha holatlarda VAR hakamlarining faoliyatlatiga ta’sir o‘tkazmay qolmadi.

"Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan uchrashuv bosh hakami harakatlari yuzasidan chora ko‘rilishi uchun O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Hakamlar qo‘mitasiga taqdimnoma kiritilganini ma’lum qilamiz" - deyiladi O‘zFHM bayonotida.

 

Kiritildi: 21:10, 13.03.2023.
O'qildi: 4103 marta.
Fikrlar: 79 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.