Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Braziliyalik mashhur futbolchilarning asl ismini bilasizmi? Ronaldinyo, Kaka, Pato ...

Braziliyalik mashhur futbolchilarning asl ismini bilasizmi? Ronaldinyo, Kaka, Pato ...

Baho:
+1 | -

 Bizga mashhur bo‘lib ulgurgan braziliyalik futbolchilar orasida:Pele, Ronaldinyo, Kaka va Kafu singari futbolchilarni ayta olamiz. Ko‘pchilik biladiki, yuqorida sanalganlar ism emas balki futbolchining taxallusidir. Braziliyaliklar ismini qisqartiish maqsadida shunday ish qilishadi. Bo‘lmasa ularning ismini aytish tailandlik futbolchilarni tanishtirishdek qiyinroq bo‘lib qoladi. Ho‘sh, "pentakampionlar"ning mashhur futbolchilarining to‘liq ismi qanday ko‘rinishda bo‘lgan. 

Neymar da Silva Santos Junior

Hali jahon chempioni bo‘lmagan avlodning eng yaxshi futbolchilaridan biri bu so‘zsiz Neymar, uning pasportida Neymar da Silva Santos Junior sifatida qayd etilgan. Biz esa "Oskar" sohibini Neymar Junior ismi bilan taniymiz va shunday aytamiz. 

Karlos Enrike Kazemiro

O‘zi o‘ynagan barcha jamoalarda ajralmas bo‘lib bo‘lagi bo‘lgan tayanch yarim himoyachisining ismi Karlos Enrike Kazemiro. Uni biz shunchaki Kazemiro nomi bilan taniymiz, ba’zida Kazemironi ham qisqartirib shunchaki "Kaze" deb ataydiganlarni ham uchratganmiz. 

Markos Aoas Korrea

Parij klubidagi 11-mavsumidagi himoyachining to‘liq ismi ko‘rinadiganidan biroz uzunroq: Markos Aoas Korrea. Markinyos ham o‘z nomini yaxshigina mashxur qila olgan. Uni boshqacha nom bilan taniy olmaymiz. Misol uchun: Markos Aoas Korrea. 

Jivanildo Viyeyra de Souza

RPLda 97 ta o‘yinda 56 ta gol urgan "Zenit"ning sobiq hujumchisi va "Shangxay SIPG"da Odil Axmedov bilan to‘p surgan Xalkning to‘liq ismi  Jivanildo Viyeyra de Souza deb nomlanadi. "Yashil maxluq"ning nomi unga yoshligida laqab sifatida unga berilgan. 

Aleksandr Rodriges da Silva

"Milan"ning sobiq hujumchisi, hech qachon o‘z salohiyatini to‘liq ochib bermagan Patoning aslida o‘rdak bolasiga hech qanday aloqasi yo‘q (Pato butun faoliyati davomida shunday nomlanadi), chunki uning ismi Aleksandr Rodriges da Silva. "Pato" so‘zi esa portugalchadan tarjima qilinganda o‘rdakcha degan ma’noni anglatgan. 

Rikardo Ayzekson dos Santos Leyte

"Milan" tarkibida 2007 yilda “Oltin to‘p” sohibi, 2017 yilda faoliyatini yakunlagan yulduz hujjatlarda umuman Kaka ismi bilan emas, balki Rikardo Ayzekson dos Santos Leite ismi bilan qayd etilgan. Mana shu ismdagi Rikardoni olib tashlasa, uning Kaka ekanligini ancha muxlis bila olmaydi. Shunchaki Rikardo Kaka, yoki Kaka nomi biz uchun tanish bo‘lib qolgan. 

Nelson de Jesus Silva

Topingchi gap kim haqida ketmoqda. 2000 yillardagi "Milan"ni usiz tasavvur etib bo‘lmaydigan darvozabon, rasmiy nomiga ko‘ra - Nelson de Xesus Silva - uning taxallusiga hech qanday aloqasi yo‘q. Garchi biz hammamiz uni qisqa "Dida" nomi bilan bilamiz.

Ronaldo de Assis Moreyra

"Barselona" bilan 2007 yilgi “Oltin to‘p” sohibi, 2015 yilda faoliyatini yakunlagan, uning pasportida Ronaldo de Assis Moreira nomi qayd etilgan. "Futbol afsungari" Braziliyada ikkita Ronaldo bo‘lib qolmasligi uchun o‘zini Ronaldinyo deb atagan. Yani bu kichik(in) Ronaldo degan ma’noni anglatadi.  

Ronaldo Luis Nazario de Lima

2011 yilda faoliyatini yakunlagan “Oltin to‘p”ning ikki karra sohibi o‘ziga laqab o‘ylab topmagan. Va u faqat Ronaldo Luis Nazario de Limaga ismining boshini o‘ziga nom qilib olgan.

Markos Evangelista de Moraes

Yana bir jumboq, Markos Evangelista de Moraes ismli futbolchini bizga mashxur bo‘lib ulgurgan laqabini topish oson bo‘lmaydi. Jahon chempionatining uchta finalida o‘ynagan yagona futbolchi bu Markos Evangelista de Moraesdir. Menimcha uning Kafu ekanligini endi bara bilib oldi. 

Edson Arantes de Nasimento

Tarixdagi yagona uch karra jahon chempioni (futbolchi sifatida) va jahon futbolining asosiy timsollaridan biri Edson Arantes do Nasimento yoshligida unga berilgan nom sabab Pele laqabini olgandi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 14:30, 14.03.2023.
O'qildi: 9536 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.