Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Mikel Arteta boshchiligidagi "Arsenal" bu mavsumda "chempionlik ruhi"ni olti marta namoyish etdi

Mikel Arteta boshchiligidagi "Arsenal" bu mavsumda "chempionlik ruhi"ni olti marta namoyish etdi

Baho:
+ | -

Joriy mavsumda Mikel Artetaning "Arsenal"i chempionlik xarakteri namoyish etish borasida klublar uchun master-klass o‘tadi. Xususan, to‘pchilar ortda qola turib, o‘yinni yutib ketish orqali 15 ochkoga ega bo‘lgan. Bu voqea yaqin yillar ichida "Arsenal"ga yetishmayotgan xususiyatlardan biri edi. Ha, hozirgi chempionlik uchun kurash "Emireyts"da kechayotgan ilk poyga emas. Ammo oldingilarida Arsen Venger shogirdlari mag‘lub bo‘lgan. Albatta, hali xulosa uchun ancha erta. Oldinda o‘n bitta bahs bor. Shunga qaramay, Arteta jamoasining mavsumning hozirgi qismiga qadar ko‘rsatgan chempionlarga xos uchrashuvlarini eslab o‘tishni joiz topdik.

"Fulxem" bilan

"Arsenal" startni yaxshi boshlab, "Kristal Pelas", "Lester" hamda "Bornmut" darvozasiga jami 9 ta gol urgandi. To‘rtinchi turda "Fulxem" mehmon qilinadi. O‘shanda mehmonlar hujumchisi Aleksandr Mitrovich ilk golga mualliflik qilgandi. Jamoa sardori Martin Edegor 10 daqiqadan keyin hisobni tenglashtiradi. 86 daqiqada Gabriel o‘yindagi xatosini to‘g‘irlaydi va jamoasiga g‘alaba olib keladi.

"Brentford" bilan

"Arsenal"ning g‘alabali seriyasi "MYU" bilan bahsda yakuniga yetgandi (3-1). Shunda barcha Artetaning holatga reaksiyasini kutgandi. "Arsenal" ruhiyat ko‘rsatib, mehmonda "arilar"ni 3 ta to‘p farqi bilan mag‘lub etadi. Aynan shu bahs to‘pchilarning 13 ta o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyasini boshlab bergandi.

"Vest Xem" bilan

"Arsenal" Jahon chempionatiga qadar jami 24 dan 22 ochko yig‘adi. Qaytish, "Arsenal"ga qiyinchilik tug‘dirgandi. "Vest Xem"ga qarshi uchrashuvning 1 bo‘limi mag‘lubiyat bilan tugaydi. Kamiga, jamoada Gabriel Jezusning yo‘qligi muammolarga sabab bo‘lishi aytilgandi. Ikkinchi bo‘limda hammasi o‘zgardi va Martinelli, Saka va Nketianing gollari jamoaga uch ochko keltiradi.

"MYU" bilan

"Qizil iblislar"dan o‘ch olish kuni yetib kelgandi. Erik ten Xag jamoasi yaxshi formada maydonga tushadi. Hisob 2-2 bo‘lib turgan bir paytda, 90 daqiqada Nektia hisobni oshirdi. Bu haqiqiy matonat edi.

"Aston Villa" bilan

"MYU" bilan ajoyib bahsdan keyin ketma-ket mag‘lubiyat va duranglar qayd etiladi. Eng yomoni, "Manchester Siti"ga qarshi uydagi mag‘lubiyat edi (1-3). Mana shunday paytda yana bir murakkab raqib duch keldi. "Aston Villa" bilan so‘nggi daqiqalarga qadar durang qayd etilayotgandi. Jorjinyoning hal qiluvchi zarbasi hammasini belgilab berdi. Martinellining to‘rtinchi goli o‘yinga mantiqiy nuqta qo‘ygandi. Barchaning Emiliano Martinesga rahmi keldi.

"Bornmut" bilan

Turnirda qolish uchun kurashayotgan "olchalar"ga qarshi 9 soniya ichida gol o‘tkazib yuboriladi. Goldan keyin raqib chuqur himoyaga yotadi. Ikkinchi bo‘limdagi ikkinchi gol esa, "Arsenal" oldida go‘yoki o‘tib bo‘lmas tog‘ hosil qildi. Arteta jamoasi buni uddalay oldi. Tomas Parti hisobni qisqartirgan bo‘lsa, Ben Uaytning goli durangga olib keldi. Yangi maydonga tushgan Reyss Nelson 97 daqiqadagi goli bilan to‘pchilarga uch ochko olib keldi. O‘yindan keyin Mikel Arteta Nelson borasida ijobiy fikrlar bildirib o‘tgandi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 23:23, 14.03.2023.
O'qildi: 1498 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.