Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

BMB Trade group PFL rasmiy homiysiga aylandi

BMB Trade group PFL rasmiy homiysiga aylandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Professional futbol ligasi BMB Trade group investision-konsalting kompaniyasi bilan kelishuvga erishdi. Kelishuv asosida BMB Trade group 2023 yilgi mavsum davomida Superliganing rasmiy homiysiga aylandi.

BMB Trade group xizmatidan bugunga kelib 720 dan ziyod xorijiy kompaniyalar foydalanib keladi. Umumiy qiymati 1,5 milliard AQSH dollariga teng bo‘lgan qo‘shma investisiya loyihalarini amalga oshirib kelayotgan kompaniya O‘zbekiston futboli va mamlakat futzalini qo‘llab-quvvatlash yo‘lida so‘nggi uch yilda katta qadamlar tashladi. Jumladan:

• 2021 yilda BMB futzal klubiga asos solindi;
• 2021/22 yillarda “So‘g‘diyona” va “Lokomotiv” futbol klubiga homiylik qilindi;
• BMB Trade group, shuningdek, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi bilan faol hamkorlik qilib keladi. 2022 yil aynan BMB Trade group homiyligida Italiya yulduzlaridan tashkil topgan jamoa Toshkentga tashrif buyurib, O‘zbekiston futboli yulduzlariga qarshi maydonga tushgandi. Bu o‘zbek futbolining 110 yillik yubileyi uchun kompaniyaning o‘ziga xos sovg‘asi bo‘ldi, deyish mumkin.

2023 yilga kelib BMB Trade group O‘zbekiston Professional futbol ligasi rasmiy homiysi sifatida mamlakat chempionati rivojiga hissa qo‘shishga qaror qildi. Qayd etish kerak, kompaniya o‘zining xorijiy hamkorlari bilan Italiyaning “Milan” futbol klubi bilan ham yaqin aloqalarni yo‘lga qo‘ygan.

BMB Trade group kuzatuv kengashi raisi Bekzod Mamatqulov sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda mamlakatimizning oldi personlaridan biri hisoblanadi. Uning qo‘l ostidagi katta jamoa rais boshchiligida har hafta futzal sport turi bilan shug‘ullanadi. Kompaniya professional futzal bilan cheklanib qolmay, havaskorlar o‘rtasida muntazam turnirlar tashkil qilib turadi. Bunda BMB Trade group tijoriy maqsadlarni ko‘zlamaydi, balki ijtimoiy yo‘nalishdagi loyihalari orqali yoshlarni sportga keng jalb qilish kabi yuksak qadriyatlarni o‘zida aks ettiradi.

“Bugun kompaniyamiz uchun tarixiy kun. BMB Trade group tashkil topgan dastlabki kunidan boshlab sport bilan hamohang faoliyat olib bormoqda. Maqsadimiz bitta — O‘zbekistonda yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish.

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan, qolaversa, hukumatimiz tomonidan O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish yo‘lida juda katta ish olib borilmoqda. O‘z navbatida biz tadbirkorlar ham haqiqiy vatanparvar sifatida bu o‘zgarishlarga labbay deb javob berishimiz, bayrog‘imizning jahon arenalarida baland hilpirashiga qo‘limizdan kelganicha hissa qo‘shishimiz lozim.

E’tirof etishim kerak, so‘nggi 2-3 yilda futbol tamomila o‘zgardi. Futbolchilarga, klublarga bo‘lgan munosabat yaxshilandi. Bu xalqaro maydonda ham o‘z mevasini berayotganligini ko‘ryapmiz. O‘ylaymanki, bu hamkorligimizning endigina boshlanishi. Kelajakda bundan-da katta shartnomalar imzolab, futbolimiz rivoji yo‘lida birgalikda harakat qilamiz”, — deya ta’kidladi kompaniya boshqaruvi kengashi raisi.

O‘zbekiston Professional futbol ligasi BMB Trade group kabi katta tashkilot bilan hamkorlik aloqalarining yo‘lga qo‘yilishini oldinga tashlangan navbatdagi qadamlardan biri deb hisoblaydi. Ishonamizki, 2023 yilgi mavsum avvalgisidan yaxshiroq ruhda o‘tadi.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 15:05, 16.03.2023.
O'qildi: 1503 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик