Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

"Manchester Yunayted" afsonasi jamoa uchun ideal hujumchi nomini aytdi

"Manchester Yunayted" afsonasi jamoa uchun ideal hujumchi nomini aytdi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" va Angliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz "qizil iblislar" qaysi hujumchi bilan shartnoma imzolashi kerakligini aytdi.

"Keyn? Men Xarrining "Tottenxem"ni tark etishiga shubha qilaman. Osimxen transferi? U ajoyib hujumchi, lekin u "Chelsi"ning uslubiga ko‘proq mos keladi. Menimcha, Lautaro Martines "Manchester Yunayted" uchun eng yaxshi variant", - deya Skoulzning so‘zlarini keltiradi BT Sport.

Oldinroq "Manchester Yunayted" yozgi transfer oynasida yangi markaziy hujumchi sotib olmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Martinesning "neradzurrilar" bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Futbolchining transfer narxi 75 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 11:41, 17.03.2023.
O'qildi: 3493 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик