Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand 1-0 Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt 7-2 Livan
31/01 17:00 Indoneziya 1-1 Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston 3-2 Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo 1-0 Jirona
31/01 19:00 Piza 1-3 Sassuolo
31/01 20:00 Lids 0-4 Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton 0-2 Bornmut
31/01 20:00 Brayton 1-1 Everton
31/01 20:15 Osasuna 2-2 Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli 2-1 Fiorentina
31/01 22:30 Levante 0-0 Atletiko
31/01 22:30 Chelsi 3-2 Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 16:30 Torino - Lechche
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid - Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo - Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted - Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest - Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa - Brentford
01/02 20:15 Betis - Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem - Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese - Inter
01/02 22:30 Xetafe - Selta
02/02 00:45 Parma - Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad

So‘nggi marta APLning "katta oltilik" klublari qachon quyi ligaga tushib ketgan edi?

So‘nggi marta APLning "katta oltilik" klublari qachon quyi ligaga tushib ketgan edi?

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasining yangi davrida faqatgina oltitagina klub o‘z ishtirogini muntazam olib bormoqda. Ulardan beshtasi "kuchli oltilik" sirasiga kiradi. Qolgan biri esa "Everton"dir. Ular o‘tgan 31 yilda hech qachon quyi ligaga tushib ketmagan. Masalan, "Everton" hozir og‘ir ahvolda va keyingi mavsumdan Chempionshipda o‘ynashi mumkin. Ammo bu jamoa oxirgi marta yigirmanchi asrning birinchi yarmida quyi ligaga ketgan. Quyida Angliyaning top-klublari va ularning elitani qachon tark etgani haqida gaplashamiz.

"Arsenal"

Bu jamoa tarixi haqida ko‘p gaplar kezib yuradi. Shulardan biri "Arsenal"ning hech qachon Angliya elit ligasini tark etmaganidir. Aslida bu gap unchalik ham to‘g‘ri emas. Bu jamoa ham pastga tushib ketish azobini ta’tib ko‘rgan. Ammo bu voqea uzoq o‘tmish mahsulidir. 1913 yilning 12 aprelida "Derbi Kaunti" bilan bahs, "Arsenal" uchun mag‘lubiyat bilan yakunlanadi va klub quyi ligaga yo‘l oladi.

"Liverpul"

"Everton"ning shahardagi eng yirik raqibi bo‘lgan "Liverpul" so‘nggi marta 1953-54 yilgi mavsumda quyi pog‘onalarga tushib ketgan. Bu voqea klub Angliya kubogi finaliga yetib borishdan 4 yil keyin yuz beradi. Afsuski, "mersisaydliklar"ning oliy ligaga qaytishi uchun 8 yil vaqt kerak bo‘ldi. Shundan keyin bu jamoa hech ham pastki o‘rinlarda yurgani yo‘q.

"Manchester Yunayted"

"MYU" 1975-76 yilgi mavsumdan beri yuqori ligada harakat qiladi. Ammo o‘sha mavsumdan bir yil oldin bu jamoa ham quyi musobaqaga tushib chiqqandi. Ammo bu davr unchalik ham ko‘p davom etmaydi. Afsonaviy klub darrov o‘z qaddini rostlab oladi.

"Tottenxem"

"Shporlar"ning bu boradagi oxirgi muvaffaqiyatsizligi 1977 yilga to‘g‘ri keladi. Bu klub 1960 yillarda o‘ta yuqori darajada o‘yin namoyish etgan. "MYU" singari "Tottenxem" ham ikkinchi ligada ko‘p qolmaydi va bir mavsumdan keyin yana o‘z joyiga qaytadi va hozirgacha birdek musobaqa qatnashchisi bo‘lib kelmoqda. London klubi 90 yillarda ham ancha murakkab davrlarni boshdan o‘tkazdi.

"Chelsi"

"Chelsi" 1988 yilda "Midlsbro"ga qarshi Yuqori ligada qolish bahsida qatnashadi. Ammo mag‘lubiyatga uchraydi. Shu sababli "aristokratlar" quyiga ravon bo‘lishga majbur bo‘lgan. Boshqa grand klublari singari "Chelsi" ham bir mavsum ichida yana qaytadi. Klub 2003 yilda, Roman Abramovich jamoani sotib olganidan keyin, yangi davrni boshlaydi.

"Manchester Siti"

Manchesterning ko‘k tomonidagi jamoa APL davrida (31 yil ichida) 2 marta quyi liga sari tushib ketgandi. Birinchi bor bu voqea 1996 yilda yuz berib, "Liverpul" bilan o‘yindan keyin o‘z tasdig‘ini topadi. Ikkinchi bor esa 2000-2001 yilgi mavsumda "shaharliklar"ning boshiga yana shu kun tushib, birato‘la Uchinchi divizionga yo‘l oladi.

 

 


ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 13:47, 17.03.2023.
O'qildi: 3748 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.