Kirish Ro'yxatdan o'tish

Arauxoning jarohat tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

Arauxoning jarohat tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Barselona» - «Real» (2:1) o‘rtasidagi «klasiko»da Ronald Arauxo jarohat oldi.

Bugun tongda kechagi o‘yinni to‘liq tarkibda o‘tkazgan himoyachi ko‘rikdan o‘tkazilib, uning natijalariga ko‘ra chap sonning qo‘shimcha mushaklari shikastlangani aniqlangan.

AS xabariga ko‘ra, Arauxo 2-3 haftani o‘tkazib yuboradi. Qayd etilishicha, u «Real» bilan o‘yinni oyog‘ida noqulaylik his qilib, yakunlagan.

Ronald Urugvay terma jamoasiga Yaponiya va Janubiy Koreya bilan o‘yinlarga bormaydi. Uchrashuvlar mos ravishda Tokio va Seulda bo‘lib o‘tadi.

Arauxo Ispaniya kubogi yarim finalida «Real»ga qarshi javob o‘yinida tiklanishi kutilmoqda. «Barsa» birinchi o‘yinda 1:0 hisobida g‘alaba qozongan.

Kiritildi: 19:21, 20.03.2023.
O'qildi: 2561 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик