Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Angliyalik sobiq hujumchi: "Mudrik "Arsenal"ga o‘tishi kerak edi"

Angliyalik sobiq hujumchi: "Mudrik "Arsenal"ga o‘tishi kerak edi"

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted", "Lids Yunayted" va "Nyukasl Yunayted" klublarining sobiq hujumchisi Alan Smit "Chelsi" vingeri Mixail Mudrik haqida gapirdi, shuningdek, Leandro Trossardning "Arsenal"ga o‘tishi haqida fikr bildirdi.

"Shubhasiz, Mudrik iqtidorli, lekin unga "Chelsi"dan ko‘ra, "Arsenal"da yaxshiroq bo‘lardi, deb o‘ylagandim. "Arsenal"da muhit barqarorroq va tarkibdagi o‘rinlar uchun raqobat unchalik ko‘p emas. "Chelsi" hozirda aniq notinch, shuning uchun Mudrikning "Arsenal"dagi hikoyasi boshqacha bo‘lishi mumkin edi.

Trossard, albatta, jamoaga qo‘shildi. Men doim bu futbolchidan hayratda qolganman. Shubhasiz, u hozir "Brayton"ga qaraganda yaxshiroq jamoada. Gap shundaki, “Arsenal”da o‘yinchilarni tanlash shunchalik sifatliki, agar birinchisi mos kelmasa, ularda ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi variant bor. Hozircha, Trossard - bu ajoyib xarid ", - dedi Smit Sports Mole bilan suhbatda.

 

Kiritildi: 10:40, 21.03.2023.
O'qildi: 2447 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик