Kirish Ro'yxatdan o'tish

Messi "PSJ" muxlislari g‘azabiga duchor bo‘ldi

Messi "PSJ" muxlislari g‘azabiga duchor bo‘ldi

Baho:
+ | -

"PSJ" hujumchisi Lionel Messi Liga 1 doirasida "Renn" bilan uy uchrashuvidan keyin jamoa muxlislarini e’tiborsiz qoldirdi. Parij grandi o‘z uyida sensasion tarzda 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

TalkSport xabariga ko‘ra, uchrashuv yakunlangach, “PSJ”ning bir guruh futbolchilari o‘z muxlislaridan uzr so‘rash uchun maydon burchagiga borishdi. Messi esa darhol tribuna ostidagi xonaga borishga qaror qildi. Eslatib o‘tamiz, o‘yin davomida stadion tribunalaridan 35 yoshli argentinalik futbolchi tomon hushtak yangradi.

Fransiya chempionatining joriy mavsumida Messi 23 ta bahs o‘tkazib, 13 ta gol urgan va 13 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 12:00, 21.03.2023.
O'qildi: 3485 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик