Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

So‘nggi so‘z: Antonio Kontening o‘rniga eng munosib nomzod kim?

So‘nggi so‘z: Antonio Kontening o‘rniga eng munosib nomzod kim?

Baho:
+ | -

Antonio Kontening "Tottenxem"dagi taqdiri so‘roq ostida qolgan. OAVlar tinmay Konte bilan bog‘liq vaziyat haqida gapirmoqda. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Konte kelayotgan soatlar ichida iste’foga chiqariladi. Vaziyatning bunday keskinlashib ketishiga asosiy sabab italiyalik mutaxassisning "Sautgempton"ga qarshi bahsdan keyin shogirdlari va rahbariyat haqida bildirgan keskin tanqidiy fikrlari edi. 53 yoshli murabbiy klub ichidagi muhitga "qabul qilib bo‘lmas" deb baho bergandi.
"Shporlar" xalqaro tanaffuslar paytida o‘yin o‘tkazmaydi. 3 aprelga qadar klubdagilar dam oladi. Ammo Kontening bu davr ichida jamoada qolishi so‘roq ostiga olinmoqda. Quyida Antonio Kontening o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan bir nechta murabbiylar nomlari keltiriladi.

Maurisio Pochettino

Pochettino London jamoasini boshqarish uchun eng jiddiy nomzoddir. Argentinalik mutaxassis 2019 yilda jamoani YECHL finaliga olib chiqqan edi. Ammo o‘sha voqeadan olti oy o‘tib, ishdan olingan. 55 yoshli murabbiy o‘tgan iyul oyidan beri ishsiz yuribdi. U oxirgi marta "PSJ"da faoliyat olib borgan.

Marko Silva

O‘tgan haftadan beri ro‘znomalar oldi sahifasida "Tottenxem"ning keyingi murabbiyi bo‘lish uchun Marko Silva nomi ham yangray boshladi. 45 yoshli mutaxassis o‘tgan yili "Fulxem"ni APLga qaytardi. Hozir uning jamoasi yevrokuboklar uchun kurash olib bora boshladi. Silva ilgari "Xall Siti", "Uotford", "Everton" kabi jamoalarda ishlagan. Portugaliyalikning keyingi manzili "Tottenxem" bo‘lishini inkor etib bo‘lmaydi.

Luis Enrike

Ispaniya terma jamoasining sobiq ustozi Qatardagi jahon chempionatidan beri ishsiz yuribdi. Bunga sabab "qizil furiya"ning nimchorak finalda Marokashga imkoniyatni boy bergani edi. Enrike "Barselona"dagi sermahsul mehnati bilan eslanadi. U YECHL va ikkita Ispaniya chempionligini katalon klubiga taqdim etgandi. Agarda Luis Enrikega taklif berilsa, u yana klublar futboliga qaytishi mumkin.

Tomas Tuxel

Nemis mutaxassisi "Chelsi"ni o‘tgan yilning sentyabrida, kutilmagan vaziyatda tark etgandi. "Tottenxem" esa sobiq "Chelsi" murabbiylarini ishga olish bo‘yicha ustasi farang. Misol tariqasida Mourinyo va Konteni aytish mumkin. Ammo bu variantlar ish bermagan. Balki uchinchisidan foyda kelar. Buni bilish uchun Tuxel Angliyaga qaytishi kerak. U 2021 yilda "aristokratlar"ni YECHL g‘olibiga aylantirgandi.

Zayniddin Zidan

Zidan oldinroq "Chelsi" va "MYU" keladi degan mish-mishlarga sabab bo‘lgandi. Ammo afsonaviy sobiq futbolchi ingliz tili bilan bog‘liq muammo sababli "MYU"ga kelmagani aytiladi. Zidan uchun hozir Angliyada yana bir variant paydo bo‘ldi. Aytish kerakki, uning ulkan tajribasi "Tottenxem"ga asqotishi mumkin. U "Real"ni 3 marta YECHL bosh sovriniga erishtirgandi.

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 19:43, 21.03.2023.
O'qildi: 3587 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик