Kirish Ro'yxatdan o'tish

Bugun «MYU»ni sotib olish uchun ariza topshirishning so‘nggi kuni

Bugun «MYU»ni sotib olish uchun ariza topshirishning so‘nggi kuni

Baho:
+1 | -

“Manchester Yunayted” egalari klubni sotib olishga qiziqish bildirayotganlar uchun yakuniy taklifni taqdim etishlari uchun dedlayn belgiladi, deya xabar qilmoqda BBC.

Qayd etilishicha, Gleyzerlar 22 mart kuni oxirigacha takliflarni qabul qiladi. Biroq bu muddatning naqadar “qat’iy” ekani noma’lum, yangi investorlar chiqib qolishi ehtimolini inobatga olgan holda mazkur shart hech qanday ahamiyat kasb etmasligi mumkin.

Ayni vaqtda klubga ikki xaridor bor: qatarlik shayx Jassim ibn Hamad at-Tani va britaniyalik milliarder Jim Retkliff. Har ikki xaridorning dastlabki taklifi Gleyzerlar tomonidan rad etilgandi.

Sky Sports nashrining xabar qilishicha, shayx Jassim delegasiyasi 16 mart kuni “Manchester Yunayted” vakillari bilan muzokara olib borgan va u muvaffaqiyatli o‘tgan. Shayxning maslahatchilari yangi shartnoma tayyorlaydi va u 22 mart oqshomga qadar ingliz klubiga taqdim etiladi.

“Manchester Yunayted” egalari klub uchun 6 milliard funt atrofida pul so‘ramoqda. Avvaliga qatarliklar bu qadar ko‘p pul to‘lamasligi aytilgandi, biroq “Old Trafford”ga tashrifdan keyin arab investorlarining pozisiyasi o‘zgargan. Sky Sports Nyu-Yorkdagi manbalariga tayanib qayd etishicha, shayx Jassim “Manchester Yunayted”ning yangi egasi bo‘lishiga hech qanday shubha yo‘q.

Yana bir xaridorlardan biri Jim Retkliff esa klubni sotib olishga qiziqishi borligi, biroq buning uchun katta miqdorda pul sarflash niyati yo‘qligini ma’lum qildi.

"Suratning narxi qanday aniqlanadi? Uyniki-chi? Bu bo‘yoq yoki qurilish qanchaga tushgani bilan o‘lchanmaydi. Biroq aql bovar qilmas qiymatdagi pulni to‘lash ham yoqmaydi, chunki oqibatda bundan afsuslanasan", — degan Retkliff.

Avvalroq klubni sotib olgan investor arena rekonstruksiya qilish yoki yangi stadion qurishi kerakligi va bu yana 2 milliard funtga tushishi xabar qilingandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:18, 22.03.2023.
O'qildi: 5223 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.