"Lion" hujumchisi Mussa Dembele joriy mavsum yakunida amaldagi jamoasini tark etishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi Sky Sports bu haqda.
Manbaga ko‘ra, 26 yoshli fransiyalik futbolchi jamoasi bilan yangi shartnoma tuzishdan bosh tortgan. U yozda klubni erkin agent sifatida tark etadi.
Eslatib o‘tamiz, Dembele 2018 yilning yozidan beri "Lion"da o‘ynab kelmoqda. Joriy mavsumda hujumchi jamoa safida 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.