Kirish Ro'yxatdan o'tish

Obameyangning "Barselona"ga qaytishi qiyin masala

Obameyangning "Barselona"ga qaytishi qiyin masala

Baho:
+ | -

Pyer-Emerik Obameyang yozgi transfer oynasida “Chelsi”ni tark etmoqchi. Mish-mishlarga ko‘ra, gabonlik forvard o‘tgan mavsumni o‘tkazgan "Barselona"ga qaytmoqchi. Ammo kataloniyaliklarning moliyaviy ahvoli tufayli Obameyangni qaytarish qiyin bo‘ladi. Bu haqda Sport nashri xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta oxirida Pyer-Emerik Obameyang "Barselona" - "Real" uchrashuviga tashrif buyurgan va hatto kataloniyaliklarning kiyinish xonasiga ham kirgan edi. Mish-mishlarga ko‘ra, futbolchining bu safari "Chelsi" rahbarlariga yoqmagan.

Obameyang “Barselona” safida 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urgan.

Kiritildi: 19:05, 23.03.2023.
O'qildi: 1378 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.