Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-0 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-0 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

"Yunired" ustozi: "Dinamo"ga qarshi ko‘rsatgan o‘yinimizdan qoniqdim"

"Yunired" ustozi: "Dinamo"ga qarshi ko‘rsatgan o‘yinimizdan qoniqdim"

Baho:
+ | -

Pro liga 2-turi doirasida Samarqandda o‘tgan «Dinamo» - «Yunired» (1:0) o‘yinidan keyin «Yunired» bosh murabbiyi Alisher Latipov fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Avvalambor, «Dinamo» jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Yaxshi o‘yin guvohiga aylandik. O‘yin davomida bizda ham golli vaziyatlar bo‘ldi, ammo bundan foydalana olmadik. O‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandik, ammo omad biz tomonda bo‘lmadi.

Jamoam o‘yini haqida gapiradigan bo‘lsam, 1-bo‘limda yigitlarda hayajon sezildi. Tanaffusdan keyin esa jamoamiz butkul boshqacha o‘yin namoyish etdi. Futbolchilar o‘yinidan qoniqdim, chunki mag‘lubiyatga qaramay ular maydonida borini berib to‘p surishdi. Shogirdlarimga rahmat deyman.

- Jamoaning aksar o‘yinchilari o‘tgan mavsumlarda «Dinamo»da o‘ynagani va shu klub tarbiyalanuvchisi ekani ularga qo‘shimcha motivasiya berdimi?

- Albatta, har bir o‘yinchi o‘zining sobiq jamoasiga qarshi o‘ynaganda bu jihat qo‘shimcha ruh beradi. Futbolda tabiiy narsa bu. Bugun butun jamoa yaxshi harakat qildi. Raqibdan qolishmay, tomoshabop o‘ynadi.

- Islom Sharipov yiqitilgan vaziyatda penalti bor edimi? Ko‘p o‘tmay, Komil Sharofutdinov gol kiritmasidan avval qizil kartochkaga loyiq harakat qilgandek bo‘lganini takroriy vaziyatda ko‘rdik. Bugungi hakamlik va vaziyatlar bo‘yicha qanday fikrdasiz?

- Penalti bormi yoki yo‘qmi – bu bizning ishimiz emas. Bo‘lsa bordir, balki yo‘qdir, bilmadim, bu masalada aniq fikr bildira olmayman. Hakamlarga e’tirozim yo‘q, - deydi Alisher Latipov «Dinamo» - «Yunired» o‘yinidan (1:0) keyin.

Kiritildi: 14:37, 24.03.2023.
O'qildi: 1390 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.