"Chelsi" yarim himoyachisi NGolo Kante "aristokratlar"ning o‘rinbosarlar jamoasida "Charlton"ga qarshi o‘yinda (3:0) maydonga tushdi.
31 yoshli fransiyalik futbolchi 60 daqiqa harakat qildi. Bu uning 2022 yil avgustidan buyon birinchi marta maydonga tushishi, o‘shandan buyon u jarohati tufayli maydonga tushmagandi. Premyer-liganing joriy mavsumida Kante hisobida 2 ta o‘yin bor.
Yarim himoyachining londonliklar bilan shartnomasi joriy mavsum oxirigacha hisoblangan. U 2016 yildan buyon "Chelsi"da o‘ynamoqda.