Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting - Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal - Bayer
18/03 01:00 Chelsi - PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti - Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl

Golovin "Monako"gacha "MYU", "Chelsi" yoki "Arsenal" o‘tishi mumkin edi

Golovin "Monako"gacha "MYU", "Chelsi" yoki "Arsenal" o‘tishi mumkin edi

Baho:
+ | -

SSKA klubi sobiq sport direktori Oleg Yarovinskiy yarim himoyachi Aleksandr Golovin transferini qaysi jamoalar tashkil qilmoqchi bo‘lganini aytdi.

"Bular “Monako”dan tashqari “Arsenal”, “Chelsi” va “Manchester Yunayted” edi. Agar aql emas, his-tuyg‘ular bilan boshqarilsa, men Sashaning o‘rnida bo‘lsam, "Chelsi"ga o‘tgan bo‘lardim. Yoki sehrli futbol muhiti tufayli Premyer-liganing boshqa klublariga yo‘l olgan bo‘lardim. Fransiya bunga hatto yaqin emas. "Monako" uy o‘yinlarini o‘tkazadigan "Lui II" stadioni esa meni xafa qiladi. Ustunlar va bo‘sh tribunalar bilan u Novorossiyskdagi eski arenaga o‘xshaydi.

Golovin nima uchun "Monako"ni tanladi? Tuyg‘ularni bir chetga surib, u va uning agentlari hamma narsani to‘g‘ri qilishdi. Angliyada Sasha uchun bu ancha qiyin bo‘lardi, hech kim unga o‘z o‘yinini topib olish uchun vaqt bermaydi. Yevropa futboliga va G‘arbdagi hayotga moslashish nuqtai nazaridan "Monako" eng yaxshi variant edi.

"Monako" Golovin transferi uchun 30 million yevro to‘lagan, ammo Premyer-liga klublari qancha bergan bo‘lardi? "Monako"chalik ko‘p emas. Har holda, miqdor bir nechta to‘lovlarga bo‘lingan. Ammo "Monako" bu ma’noda yanada qulayroq shartlarni taklif qildi" - dedi Yarovinskiy.

 

Kiritildi: 20:40, 24.03.2023.
O'qildi: 2033 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.