Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

La Ligada chempionlik poygasi tugadi. Bundan "Real"ning ayrim futbolchilari "yutadi"

La Ligada chempionlik poygasi tugadi. Bundan "Real"ning ayrim futbolchilari "yutadi"

Baho:
+ | -

La Liga 26-turida "Barselona" o‘z maydonida "Real"ni mag‘lub etdi (2:1) va turnir jadvalidagi farqni 12 taga yetkazib qoldi. Mavsum yakuniga 12 tur qolganda bu katta farq.

Diario AS nashri xabariga ko‘ra, Karlo Anchelotti uchun bu Qirol kubogi va Chempionlar ligasi oldidan asosiy futbolchilarga dam berishi mumkinligini anglatadi.

Nashr bundan foyda ko‘rishi mumkin bo‘lgan sakkiz futbolchi nomini keltirgan: Andrey Lunin, Alvaro Odriosola, Xesus Valyexo, Nacho, Dani Sebalyos, Marko Asensio, Eden Azar va Mariano Dias.

Ko‘proq o‘yin vaqti Nachoni shartnomasini uzaytirishga va faoliyatini "Santyago Bernabeu"da davom ettirishga ishontirishi mumkin.

Boshqa o‘yinchilar uchun (Lunin, Sebalyos, Asensio, Azar) bu klubga o‘zini ko‘rsatish imkoniyati bo‘ladi, chunki ularning kelajagi hali noma’lum.

Shuningdek, Odriosola, Valyexo va Mariano kabi futbolchilar mavsum oxirida yaxshiroq jamoaga o‘tishi imkoniyatini oshirish uchun o‘zining maksimalini ko‘rsatishga harakat qilishi tabiiy.

Kiritildi: 23:14, 24.03.2023.
O'qildi: 8022 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик