Niderlandiya 1919 yildan beri ilk marta 21 daqiqada o‘z darvozasidan 3 bor to‘p olib chiqdi.
Fransiya 2-daqiqada Antuan Grizmanning goli evaziga hisobni ochdi. Uchrashuvning 8-daqiqasida Dayo Upamekano gol urdi. Kilian Mbappe 21-daqiqada hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi.
Qayd etish joiz, Niderlandiya Ronald Kuman jamoa bosh murabbiyi lavozimiga qaytganidan keyin ilk uchrashuvini o‘tkazmoqda.