Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

Vladimir Bubanya: «Olimpik» klubiga qarshi o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘ryapmiz»

Vladimir Bubanya: «Olimpik» klubiga qarshi o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘ryapmiz»

Baho:
+ | -

“Andijon” chempionatning navbatdagi o‘yiniga Dukentda tayyorlanayotganini bilasiz.

Oldinda 3 aprel kuni “Olimpik” jamoasiga qarshi uchrashuv kutib turibdi. G‘alabani xohlayotgan klub a’zolari bor e’tiborini mazkur bellashuvga qaratgan.

Serbiyalik legioner Vladimir Bubanya esa ortda qolgan bahslar va oldinda turgan o‘yin to‘g‘risidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Ortda qolgan 3 ta o‘yin xususida nimalarni aytgan bo‘lardingiz?
— Chempionatni yaxshi boshlagan holda safarda “Nasaf”ni mag‘lubiyatga uchratib keldik. Keyin “Surxon”ga omadsiz tarzda yutqazib qo‘ydik. O‘shanda Mamatkazinning haqqoniy golini asossiz ravishda bekor qilishdi. Oxirgi o‘yinni esa ko‘ngildagidek o‘tkaza olmadik.

— Navbatdagi turda “Andijon” “Olimpik” jamoasi bilan bellashadi. Raqib haqida fikringiz qanday?
— O‘ylaymanki, “Olimpik” chempionatdagi eng yaxshi futbolni namoyish etadigan klublardan biridir. Aytish kerakki, “Olimpik” yosh jamoa, ammo tarkibdagi futbolchilar anchadan beri birga to‘p surishayotgani bois o‘yini shakllanib ulgurgan. O‘z-o‘zidan mazkur raqibga qarshi bellashuvga jiddiy ravishda tayyorgarlik ko‘rib, bir necha kundan beri Dukentda shug‘ullanyapmiz. Bizning o‘z rejamiz va maqsadimiz bor.

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 18:00, 26.03.2023.
O'qildi: 1398 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик