«Arsenal» APL 27-turidan o‘rin olgan «Fulxem»ga qarshi o‘yindagi chiroyli g‘alabasi (3:0)ni klubning afsonaviy soati chizmasi oldida nishonladi.
Kiyinish xonasidan olingan suratlar ijtimoiy tarmoqlarga chiqqach, ko‘pchilik bitta savol ustida bosh qotira boshladi: soat ko‘rsatkichlaridan ma’no nima?
Fotosuratlar markazidagi soat chizmasiga qarasak, uning ko‘rsatkichi haqiqiy vaqtga mos emas. Har holda, o‘yin oqshom payti yakunlandi, soat millari esa «2» va «11» raqamlariga to‘g‘rilangan. Demak, bunda qandaydir ma’no yashirin. Taxminlar ham yetarli:
** APL finishiga qadar 11ta o‘yin yoxud 2 oy qoldi (hozir mart, so‘ng tur may oyi oxirida).
** APLda 11ta o‘yin qoldi, bu orada 2ta sovrin yutish imkoni bor (to‘g‘ri, «Arsenal» shundan keyin YELdan chiqib ketdi va endi jamoa faqat chempionatda g‘alaba qozonish imkoniyatiga ega).
** APL yakuniga qadar 11ta o‘yin bor, 2 - soat 14:00. Bu «Arsenal» Angliyada 14-chempionlikka yaqinlashayotganiga ishora.
** 11 games 2 go («11ta o‘yin qoldi») iborasiga ishora. Bunda 2 raqami «to» qo‘shimchasini anglatadi.
** Yana bir taxmin - 11ta g‘alaba va 2ta mag‘lubiyat - «Arsenal»ning safar o‘yinlaridagi statistikasi.
Qisqasi, «11»ning mohiyati ma’lum, ammo yo‘g‘on mil ma’nosi shunchaki, jumboq. Shuning barobarida hech kim vaqt (01:55 yoki 13:55)ga uncha e’tibor qaratmayapti.
Alohida soat «Arsenal»ning uy arenasi belgisi hisoblanadi - afsonaviy buyum. Klubning oldingi stadioni «Xayberi»da avvaliga 45 siferblatli soat bo‘lardi. Keyinchalik uni odatiy soat bilan almashtirishgan. Avvaliga shimoliy tribunaga o‘rnatilgan soat stadion rekonstruksiyasidan so‘ng Clock End nomini olgan janubiy tribunaga ko‘chirildi. «Kanonirlar» fanatlari uchun qadrli buyum 2006 yilgacha, ya’ni «Xayberi» yopilishiga qadar (70 yildan ortiq vaqt davomida) arenaga o‘zgacha ko‘rk bag‘ishlab turdi. «Arsenal» rahbariyati 2010 yili «Emireyts» stadioni janubiy tribunasi yuqori qavatiga soatning diametri 1,3 metrga teng nusxasini o‘rnatdi (asl soatning o‘lchami ikki baravar katta - 2,6 metr). Xullas, kran yordamida 9 soatda o‘rnatilgan soat - tarixning muhim atributi va «Arsenal» uchun alohida belgi!