Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Azamat Allaniyozov: «Aral» tizimli ravishda kuchayadi»

Azamat Allaniyozov: «Aral» tizimli ravishda kuchayadi»

Baho:
+ | -

O‘tgan haftada Superliganing ikkinchi turi ortidan Pro Liga karvoni ham yo‘lga otlandi.

 E’tiborlisi, mazkur turnirning bu yilgi mavsumida Superliganing uzoq yillik qadrdon jamoalari ham ishtirok etishadi. Qolaversa, «elita»da o‘ziga yarasha nomga ega bo‘lgan ko‘plab futbolchilar ham bu mavsumda liga maydonlarini «gullatishga» bel bog‘lashgan. Demak, bu ligani ham diqqat bilan kuzatish uchun asoslar yetarli. Biz 1-tur doirasida Namanganda bo‘lib o‘tgan «Navbahor-Farm» - «Aral» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin mehmonlar bosh direktori Azamat Allaniyozovni suhbatga tortdik.

- «Aral» jamoasi tashkil qilinganiga ko‘p bo‘lgani yo‘q. Ammo klubga katta maqsadlarni ko‘zlagan holda asos solingan. Shunday ekan jamoada olib borilayotgan ishlar, maqsad va vazifalar to‘g‘risida ma’lumot bersangiz?

- To‘g‘ri ta’kidladingiz, «Aral» jamoasi katta maqsadlarni ko‘zlagan holda tashkil qilingan. Maqsadimiz qoraqalpoq futbolini o‘zbek futbolida o‘z o‘rniga ega bo‘lishini ta’minlash, hamda oldingi mavqe’ini qaytarish hisoblanadi. Qolaversa, «Juqori kengesh» asoschiligi orqali faoliyatini boshlagan klubimiz asosan mahalliy yoshlarni tarkibga jalb qilish hamda barqaror jamoa tuzishni vazifa, deb belgilagan. O‘tgan yili Birinchi ligadagi muvafaqqiyatli yurishimiz sababli bu yil Pro Ligada debyut qilyapmiz. Qishki o‘quv-yig‘in jarayonlarida tarkibga mahalliy futbolchilar bilan bir qatorda boshqa jamoalarda to‘p surgan tajribali futbolchilarni ham jalb qildik. Nasib qilsa, belgilangan maqsad va vazifalar yo‘lida rivojlanishda davom etamiz. Yaqin ikki-uch yil ichida jamoa Superliga yo‘llanmasi uchun kurashuvchi jamoalar qatoriga qo‘shilishi ko‘zda tutilgan.

- Jamoaga yaratib berilayotgan sharoit va umuman e’tibor qay darajada?

- Barchasi a’lo darajada deyishim mumkin. «Juqori Kengesh» raisining shaxsan o‘zlari futbolga qiziqishlari tufayli klub faoliyatini jiddiy nazorat qilib boradilar. Jamoa uchun kerakli barcha narsa o‘z vaqtida hal qilib kelinmoqda. Mavjud muammolar bartaraf etilib, har tomonlama qo‘llab-quvvatlab turibdilar. Bu esa bizga qo‘shimcha kuch-g‘ayrat baxsh etmoqda. Nasib qilsa barchamiz birlashib, «Aral» hamda qoraqalpoq futboli nufuzini oshirish yo‘lida bor salohiyatimizni ishga solamiz. Jamoa tizimli ravishda kuchaytirib boriladi.

- Maydon masalasi nima bo‘lyapti?

- Albatta, bu borada ishlar jadallik bilan ketmoqda. Hozircha, o‘yinlarni o‘z akademiyamiz maydonida qabul qilib turamiz. O‘yinlarimizni o‘tkazish ko‘zda tutilgan «Turon» o‘yingohini ta’mirlash ishlari esa joriy yilgi dasturga kiritilgan. Stadion Pro Liga hamda Superliga o‘yinlarini o‘tkazish talablariga mos keladigan ravishda rekonstruksiyadan chiqarish va’da qilingan. Kelgusida o‘yinlarimizni mana shu stadionda o‘tkazamiz.

- Futbolchilik faoliyatingizni erta yakunlashingizga nima sabab bo‘lgani ko‘pchilikka noma’lum...

- Bunga tizzamdan olgan jarohatim sabab bo‘ldi. Aslini olganda hali futbol o‘ynash uchun yetarli kuch-qudratga ega edim, afsuski og‘ir jarohat bunga to‘sqinlik qildi. Ikki bor jarrohlik stoliga yotishga majbur bo‘ldim, ammo natija kutilganidek chiqmadi. Uchinchisiga esa to‘g‘risi, qo‘rqdim, chunki ketma-ket jarrohlik amaliyotini boshdan kechirish, tanadagi boshqa organizmlar faoliyatiga ham jiddiy ta’sir o‘tkazishi tabiiy edi. Shuning uchun sog‘lig‘imni o‘ylagan holda, futbol o‘ynashni to‘xtatdim. Bu orada «Aral» rahbariyati menga ishonch bildirib mas’uliyatli lavozimga tayinlashdi. Hozirda klub bosh murabbiyi, ustozimiz Ne’matulla Quttiboyev bilan hamjihatlikda ish olib boryapmiz. Nasib qilsa jamoani yaqin yillar ichida Superligaga olib chiqishga erishamiz.

- Joriy yil Pro Liga klublarida «elitamiz»da dovrug‘ qozongan futbolchilar soni bir necha barobarga ko‘paydi. Ular orasida eng kutilmagani qaysi biri bo‘ldi, deb o‘ylaysiz?

- Aslini olganda Pro Ligada darajasi nisbatan yuqori futbolchilar ko‘p. Lekin men uchun eng kutilmagani o‘zimning akamday bo‘lib qolgan inson - «Dinamo» futbolchisi Erkin Boydullayevdir. Erkin aka hali ham Superligada yuqori darajada to‘p surishga kuchi yetadigan futbolchi. Menimcha buni o‘zi ham his qilib turgan bo‘lsa kerak.

X.YUSUPOV suhbatlashdi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:40, 26.03.2023.
O'qildi: 1408 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.