Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya

«Surxon» Superligadan chetlatiladimi? Klub rasmiy bayonot bilan chiqdi

«Surxon» Superligadan chetlatiladimi? Klub rasmiy bayonot bilan chiqdi

Baho:
+ | -

Kecha O‘zPFL matbuot xizmati "Surxon"ni ogohlantirish bilan chiqdi. Unga ko‘ra, agarda klub 29 mart kuniga qadar futbolchilar oldidagi qarzini yopmasa, Pro-ligaga tushirib yuborilishi mumkin. Klub bu borada rasmiy munosabat bilan chiqdi.

"O‘zPFLning 2023 yil 25 martdagi 01/107-sonli xatiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 6 yanvardagi "PFK Surxon" ma’suliyatli cheklangan jamiyati ustav fondidagi davlat ulushi "FC Surkhan" ma’suliyatli cheklangan jamiyatiga sotish to‘g‘risida"gi 4-son qaroriga muvofiq Surxondaryo viloyat hokimligi zimmasiga o‘tgan davrdagi faoliyati yuzasidan audit o‘tkazilgan.

Surxondaryo viloyati hokimligi mazkur qaror ijrosini bajarishga kirishgan va "Surxon" FKning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati o‘rganildi. Joriy yil davomida klub qarzlarning katta qismini yopish bo‘yicha katta ishlarni amalga oshirildi.

“Surxon” Professional futbol klubi o‘z tarixida yangi sahifa ochish va mamlakatning oliy divizionida o‘ynash uchun barcha asoslarga ega. Ayni paytda, "Surxon" rahbariyati klubning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, hamda Termizdagi stadionni rekonstruksiya qilishni o‘z zimmalariga olishdi.

Yangi rahbariyatning maqsadi – Termizdagi stadionning rekonstruksiya ishlarini qilish, Termiz shahrida futbol akademiyasi, shuningdek, qarorgohni qurish. Surxondaryo viloyatida yoshlar futbolini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda “Surxon” PFK asosiy jamoasiga tarbiyalanuvchilarni faol jalb etish", — deyiladi klub matbuot xizmati tarqatgan xabarda.

Manba: https://t.me/FCSURXON_OFFICIAL
Kiritildi: 15:40, 27.03.2023.
O'qildi: 5052 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик