Futbol – go‘zal o‘yin. U go‘zal bo‘lish bilan birgalikda, oxir-oqibat, o‘ta daromadli soha hamdir. Unda sizga ko‘p pul to‘lashadi. Albatta, bu uchun ancha qattiq mehnat qilasiz. Ammo mehnatingizdan ham ziyodasini olasiz va bu normal hol. Futbolda, muvaffaqiyatsizlikka uchrasangiz ham moliyaviy jihatdan, aslida yutqazmaysiz. Masalan, "MYU", "Chelsi", "Tottenxem" va boshqa ko‘plab klublar murabbiylardan qutulish uchun kompensasiya ularga katta pul taqdim etishadi. Quyida ishdan bo‘shatilgani sababli eng katta daromadlarga ega bo‘lgan murabbiylar haqida so‘z boradi.
10. Maurisio Pochettino – "Tottenxem" (12.5 million funt)
"Tottenxem"ni YECHL finaliga elitganidan olti oy o‘tar-o‘tmas, Pochettinoga chiqish eshiklari ko‘rsatiladi. O‘shanda uning yana 3 yarim yillik bitimi bor edi. Argentinalik mutaxassis esa 5 yil davomida "shporlar" bilan birga bo‘ldi va 300 dan ortiq o‘yinlarda ishtirok etdi. Pochettino "Tottenxem"dan ketgach, "PSJ"da bir yarim yil ishlagan edi.
9. Tomas Tuxel – "Chelsi" (13 million funt)
"Chelsi"ning yangi rahbariyati Tuxelga ortiq imkon bermadi. 2022-23 yilgi mavsum omadsiz boshlangani sababi uni iste’foga chiqarishdi. Tuxelga 13 million bilan chiqish eshiklari ko‘rsatildi. Uning o‘rnini egallagan Grem Potterni olib kelish uchun esa rahbariyat 21.5 million funt sarf qildi.
8. Fabio Kapello – Rossiya MTJ (13.4 million funt)
Ko‘pchilik hurmat qilgan italitalik mutaxassisdan umidlar katta edi. 4 yillik bitim bilan Rossiyaga kelgan murabbiy 18 oy ichida ishdan ketadi. Uning o‘rnini Cherchesov egallaydi. Kapello esa 13 million funtdan ortiq pulga ega bo‘ladi.
7. Luis Felipe Skolari – "Chelsi" (13.6 million funt)
Abramovich davridagi xatolardan biri sifatida Skolarining jamoaga olib kelinishini aytish mumkin. U bor-yo‘g‘i 7 oy davomida klubni boshqaradi. 2009 yilning fevralida, jamoa braziliyalik jahon chempioni bilan xayrlashiladi.
6. Joze Mourinyo – "Tottenxem" (16 million funt)
O‘tgan so‘nggi 10 yil davomida "shporlar" murabbiy almashtirgani sababli 55 million funt sarflashga majbur bo‘lgan. Ular ichida 2021 yilda Mourinyoning ketishi eng katta summaga egasi bo‘ldi.
5. Loran Blan – "PSJ" (17 million funt)
Blan qatarliklar tomonidan klubga olib kelingan ikkinchi katta nom edi. U Karlo Anchelotti o‘rnini egallaydi. Loran Blan uch mavsum davomida 3 ta ichki chempionlikni jamoaga taqdim etadi. Ammo 2016 yilning fevralida u bilan klub xayrlashadi. Bu xayrlashuv rahbariyatga 17 millionga tushgandi.
4. Joze Mourinyo – "Chelsi" (18 million funt)
"Chelsi" va Joze o‘rtasidagi munosabatlar hammaga ma’lum. Portugaliyalik mutaxassis klubdan 2007 yilda ketganida, 18 million funtni boshini yegan edi.
3. Joze Mourinyo – "MYU" (19.6 million funt)
Mourinyoning eng katta pul undirmasi "Manchester Yunayted" ulushiga to‘g‘ri keladi. 2017 yilda Mourinyo bilan yangi bitim tuzilgani, 2018 yilda klub rahbariyatiga o‘ta qimmatga tushgan edi.
2. Yulian Nagelsman – "Bavariya" (23.7 million)
Aslini olganda hali bu borada yakuniy qiymat ma’lum emas. Ammo Bild nashriga ko‘ra Nagelsman 2026 yilga qadar mo‘ljallangan bitimi buzilgani sababli 27 million yevro oladi. Bundesliga chempionlari Nagelsmanni olib kelish uchun "Leypsig"ga 25 million yevro to‘lagan. Demak, bir murabbiy "Bavariya"ga jami 50 millionga tushmoqda.
1. Antonio Konte – "Chelsi" (26.6 million funt)
"Chelsi" Kontega ikki yil imkoniyat beradi. 2016-2018 yilda italiyalik mutaxassis APL va Angliya kubogini qo‘lga kiritadi. Ammo 2018 yilda yo‘llar ayro keldi. Bu qaror sabab Abramovich Konte hisobiga 27 millionga yaqin pulni o‘tkazib berishga majbur bo‘lgan.
ISMATOV J.