Lissabonning «Sporting» klubi bosh murabbiyi Ruben Amorim «Tottenxem»da ishlashga qiziqmadi. Bu haqda Britaniya OAV xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, «shporlar» Amorimga taklif bilan chiqishgan, ammo u rad javobini bergan. Mutaxassis London klubi prezidenti Deniyel Levi sabab «Tottenxem»ga o‘tishni istamadi.
E’tiborlisi, Levi hozir yaxshi obro‘ga ega emas. Amorim «Tottenxem» rahbari bilan til topisha olmasligini his qildi.