Kirish Ro'yxatdan o'tish

Xavining "Barselona"dagi kelajagi deyarli hal

Xavining "Barselona"dagi kelajagi deyarli hal

Baho:
+ | -

"Barselona" ustozi Xavi Ernandes jamoadagi faoliyatini davom ettiradi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lum qildi.

"Ko‘k-anorranglilar" rahbariyati 43 yoshli mutaxassis uchun yangi shartnomasini hozirdan tayyorlab qo‘ygan. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma muddati 2024 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Tomonlar La Ligada chempionlikni qo‘lga kiritgandan so‘ng yangi shartnoma tuzishlari mumkin.

Ernandes 2021 yildan beri "Barselona" bosh murabbiyi hisoblanadi. Ispaniya chempionatining 26-turidan so‘ng Kataloniya klubi 68 ochko jamg‘arib, ikkinchi o‘rindagi "Real"dan 12 ochko oldinda bormoqda.

Kiritildi: 11:22, 30.03.2023.
O'qildi: 5593 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик