Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 2-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

"Real" himoyasidagi bo‘shliqni to‘ldirish uchun uch variant

"Real" himoyasidagi bo‘shliqni to‘ldirish uchun uch variant

Baho:
+ | -

 Karlo Anchelotti Dani Karvaxalni doim qo‘llab-quvvatlaydi, biroq o‘ng qanot himoyachisi juda uzoq vaqtdan beri formada emasligi ko‘pchilik muxlislarga ayon. Klub faxriysi avvalgi darajasiga qaytmasligi mumkin.

O‘ng qanot himoyachisining pozisiyasi Madrid uchun muammoli. Lekin buni qanday hal qilish mumkin? "Qirollik klubi"da uchta variant mavjud.

Yangi o‘yinchi bilan shartnoma tuzish

Yozda Madrid transfer bozoriga chiqib, yangi yulduz qanot himoyachisini olib kelishi mumkin. Diario AS xabariga ko‘ra, ro‘yxatga Ris Jeyms, Joau Kanselo, Xuan Foyt va Davide Kalabriya kiritilgan.

Muammo shundaki, yaxshi o‘ng qanot himoyachisi juda qimmat - va xabarlarga ko‘ra, klub boshqa asosiy xaridlarga e’tibor qaratadi - Yoshko Gvardiol va Jud Bellingem.

Militaoni o‘ng qanotga o‘tkazish

 Anchelotti bu taktikani mavsumda ikki marta "Vilyarreal"ga qarshi o‘yinda sinab ko‘rdi. Birinchi tajriba o‘rtacha natija berdi, ikkinchisi muvaffaqiyatli bo‘ldi. Keyin Militao hatto gol ham urdi. Braziliya terma jamoasida qanotda Eder Militao o‘zini yaxshi his qilmoqda. Ba’zida u himoyada ham, hujumda ham faollik ko‘rsatadi.

Devid Alaba tez orada asosiy tarkib uchun kurashadi, shuning uchun Anchelotti orqa to‘rtlikda kimni tanlashini va qaysi futbolchi qaysi pozisiyada o‘ynashni hal qilishi kerak.

Yosh Vinisius Tobiasga e’tibor

19 yoshli futbolchi juda iqtidorli himoyachi hisoblanib, muntazam ravishda Raul qo‘l ostidagi "Kastilya"da maydonga tushadi. Joriy mavsumda u 32 o‘yinda 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

«Madrid» muxlislaridan biri vaziyatni qisqacha bayon qildi:

"Vinisius Tobias La Liga o‘yinlarida ishtirok etsa nima yo‘qotamiz? U Karvaxaldan yomon emas. Futbolchini tezroq sotib olish variantini ko‘rib chiqish kerak". Ma’lumot uchun Vinisius Tobias "Shaxtyor" futbolchisi hisoblanadi.  

Manba: www.sports.ru
Kiritildi: 17:35, 30.03.2023.
O'qildi: 4469 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.