Luis Enrike «Manchester Siti»ni boshqarishi mumkin.
El Chiringuito xabariga ko‘ra, 52 yoshli ispaniyalik mutaxassis Pep Gvardiolaning o‘rnini egallashga tayyor.
Qayd etilishicha, Enrikega yiliga 16 million yevrolik 3 yillik shartnoma taklif qilinishi mumkin.
Enrikening so‘nggi ish joyi Ispaniya terma jamoasi bo‘lib, u JCH-2022dan keyin bazani tark etgandi.