Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-0 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-0 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Bobur Zuhriddinov: "Bugun g‘alaba qozonishimiz shart edi"

Bobur Zuhriddinov: "Bugun g‘alaba qozonishimiz shart edi"

Baho:
+ | -

Pro-liga 3-turidan o‘rin olgan "Mash’al" — "G‘ijduvon" (3:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar murabbiyi Bobur Zuhriddinov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida

— "Mash’al" muxlislarini va jamoamizning har bir a’zosini bugungi g‘alaba bilan tabriklaymiz. Bugun yutishimiz kerak edi, buni 3 marta takrorladim. Yigitlar aynan shuni his qilgan xolda maydonga tushishgandi. Biz ortda qolgan 2 ta turda omadsizlik tufayli mag‘lub bo‘lgandik. Bugungi o‘yindagi mag‘lubiyat kechirilmas xatoga aylanardi. Yigitlarga rahmat, biz g‘alaba qozonishni uddaladik. "G‘ijduvon" jamoasining kuchli va kuchsiz tomonlarini o‘rganib chiqdik va mos ravishda tayyorgarlik ko‘rgandik.

— Xudoyorxon Sagdullayev zaxiradan tushirilmoqda. Uning o‘yinni asosiy tarkibda boshlamayotganiga sabab nima?
— Sagdullayev juda iqtidorli futbolchi. Har bir raqibga qarshi alohida yondashuv bilan tayyorgarlik olib boriladi. Bu rejamizda bor edi va reja ish berdi.

— Bobur aka, avvalo tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklaymiz. Savolim shunday, o‘yin qaydnomasida jamoa bosh murabbiyi sifatida Dilyaver Vaniyev ko‘rsatilgan. Biroq, maydon chetida futbolchilarga klub rasmiysi Denis Vasilyev ko‘rsatma berib bordi. Bu nimani anglatadi?
— Yo‘q, jamoamiz bosh murabbiyi Dilyaver Vaniyev hisoblanadi. Bizda murabbiylar tarkibi bor. Murabbiylar tarkibiga siz ko‘rgan Denis Vasilyev ham qo‘shiladi. Shuningdek, men ham murabbiylar shtabi bilan Dilyaver Vaniyevga yordam beramiz. O‘yinda hayajonli vaziyatlar bo‘ladi. Vaziyatlar tahlilida murabbiylar navbati bilan ko‘rsatma berishi mumkin, bu tabiiy hol.

— Sergey Petrovning o‘yini haqida fikrlaringiz?
— Petrovda ruhiyat yaxshi. Jamoa bilan tez kirishib keta oldi. Iqtidorli futbolchi, yuzaga kelgan imkoniyatdan unumli foydalanadi. Bugun ham u gol urib jamoamiz g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shdi.

— "Mash’al" mavsum startini o‘tgan yilgidan yomon boshladi. Bu tarkib o‘zgarishi bilan bog‘liqmi?
— Albatta, shunday. Jamoamiz tarkibi 70 foizga o‘zgarib ketdi. Yoshlar keldi, legionerlar keldi, bunday xolatda natija birdan yaxshi bo‘lmaydi. Maqsadimiz faqat bitta — Superliga. Biz bu maqsad yo‘lidan o‘yindan-o‘yinga shakllanib, kuchayib boramiz.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 23:23, 30.03.2023.
O'qildi: 1309 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.