Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Temurxo‘ja Abduxoliqov: “Superligada kuchsiz jamoa yo‘q”

Temurxo‘ja Abduxoliqov: “Superligada kuchsiz jamoa yo‘q”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasi 4-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “So‘g‘diyona” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv arafasida “lochinlar”ning 31 yoshli tajribali hujumchisi Temurxo‘ja Abduxoliqov bo‘lajak o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- So‘zim avvalida barcha hamyurtlarimizni shu kunlarda yurtimizda davom etayotgan muqaddas Ramazon oyi bilan tabriklayman. Mazkur oyda bajarayotgan barcha amallari, ibodatlarini Alloh o‘z dargohida qabul qilsin, ilohim!

Bo‘lajak o‘yin borasida to‘xtaladigan bo‘lsam, garchi “So‘g‘diyona” turnir jadvalining so‘nggi pog‘onasidan joy olib turgan bo‘lsada, Superligada kuchsiz jamoa yo‘qligi, barcha jamoalarning kuchi deyarli teng ekanligi, bu yil oson o‘yinlar bo‘lmasligini joriy mavsumning ilk tur bahslari isbotladi.

Shu bois, har bir raqibga hurmat bilan qarash lozim. “So‘g‘diyona”ga qarshi kechadigan bahs keskin va shiddatli kurashlar ostida o‘tishi aniq.

Boisi, Namanganda har qanday jamoa “Navbahor”ga munosib qarshilik ko‘rsatishga intiladi.

Biz – futbolchilar ham jizzaxliklar bilan bo‘ladigan o‘yinda g‘alaba qozonib, muxlislarga quvonch ulashishga harakat qilamiz hamda buni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz.

Ishqibozlardan esa jamoamizni bevosita stadionda munosib tarzda qo‘llab-quvvatlab, g‘alabamizga madadkor bo‘lishlarini so‘rab qolaman.

Fursatdan foydalanib, bizga barcha sharoitlarni yaratib berayotgan Namangan viloyati hokimi Shavkat Shokirjanovich Abdurazzoqov, shuningdek, “Navbahor” PFK rahbariyati, jumladan, klub vise-prezidenti Otabek Arifovich Samatovga jamoamiz nomidan o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Jamoamiz joriy mavsumda o‘zi qatnashadigan barcha musobaqalarda zafar quchishni maqsad qilgan.

Buni amalga oshirish uchun biz – futbolchilar qo‘ldan kelganicha harakat qilamiz.

Kiritildi: 11:34, 31.03.2023.
O'qildi: 1681 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.